“O‘zbekistonda baliq bo‘lib yashash kerak...”

Image copyright social media

O‘zbekiston transport vositalari, xususan metroda yangi e‘lonlar paydo bo‘lgan va unda ogohlikka da‘vat qilinadi.

Turfa terrorchi amallar ehtimoliga qarshi har bir o‘zbekistonlik hushyor turishi shartligi urg‘ulanadi.

Ammo ayni shu e‘londa “davlatimiz siyosatiga qarshi so‘zlar” aytilganida ham huquq-tartibot xodimlariga xabar berish lozimligi ta‘kidlangan.

Jurnalist Aleksey Volosevichga ko‘ra, mamlakatda qonun bilan ta‘minlangan so‘z erkinligi bundan buyog‘iga terrorchi amalga teng qilingan.

Ammo mustaqil O‘zbekiston tarixida hech qachon so‘z erkinligi ta‘minlanmagani nazarda tutilsa, qayg‘urishga ham hojat yo‘qday... Shunda ham, tasavvur qiling, “davlatimiz siyosatiga qarshi so‘z” deganda nima nazarda tutilmoqda?

Biz ijtimoiy tarmoqlarda ana shu masalani ko‘tardik va o‘quvchilarimizdan e‘lonlardagi “davlat siyosatiga qarshi so‘z” deganda hukumat nimani nazarda tutmoqda, metro yoki avtobusdagi suhbatlardan “davlat siyosatiga qarshi so‘z”ni qanday ajratish mumkin deb so‘ragan edik.

Avvaliga BBCUZBEK Facebook guruhi o‘quvchilarining fikrlariga to‘xtalsak.

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda - tah.)

Gulshan Karaeva: Unda balikka aylanish kerakdir menimcha.Chunki baliklar gapirmaydi-da!.Shu muammoni yaxshi yechimi bor. muammosiz diyorga aylanish kerak.Xalkda muammo bulmasa, norozilarni kidirib metroda eьlon yopishtirishiga xojat kolmaydi!Baьzi bir savollar tugilayapti! Muammo bisyor turgandan sung, gapirmay boshka ishni kilib yuborishsa nima buladi? Masalani bu tomoniga xam eьtibor karatish kerak menimcha.

Farkhod Abdurakhmonov: Gaz va svet bilan ta‘minlashdagi uzilishlar, ishsizlik, poraxo‘rlik, adolatsizlik, korruptsiya, davlat monopoliyasida bo‘lgan sohalarda narx-navolarning o‘sib borishi, pulning qadrsizlanishi, Konstitutsiyaga zid propiska, ro‘yxatga olishlarni joriy etilishi va shunga o‘xshash bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning, kamchilik va xatolarning mavjudligini davlat organlarining davlat siyosatini amalga oshirishda mas‘uliyatsizlik bilan yondashayotganliklari natijasi deb baholayman. Ayni paytda mazkur muammolar yuzasidan aholining qayerda bo‘lmasin, metromi, avtobusmi, mahallami yoki boshqa joylardami muhokama etishlarini ularning haqli talablari, e‘tirozlari hamda so‘z erkinligidan foydalanishlari deb hisoblayman. Bunday so‘zlarni tabiiy, ob‘ektiv sifatida qabul qilaman. Ushbu holat haqida xabar berishlik bu chaqimchilik, ya‘ni pastkashlik demakdir. Jamiyatda turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mavjud ekan va ular har bir fuqaro hayotiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatarkan, fuqarolar tomonidan bularning muhokama etilishi hech qachon davlat siyosatiga qarshi so‘z deb talqin etilmasligi va hech qanday jazolanmasligi shart. Davlatning nimadan qo‘rqishi masalasiga kelsak bu global terrorizmdir. Biroq, ushbu jarayonga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar, kurashlar me‘yoridan ham ortiqcha qilib amalga oshirilyapti. Terrorizm xavfi mavjudligini hech kim inkor etmaydi va tinchligimizni, mustaqilligimizni asrash nafaqat harbiylar, xavfsizlik organlarini balki har bir fuqaroning burchidir. Loqaydlik qilmasdan hamisha hushyor, ogoh bo‘lishimiz zarur. Shuning bilan birgalikda terrorizm, ekstremizm bilan kurashishda aksariyat davlatlar qo‘llayotgan usullardan foydalanashimiz talab qilinadi, ya‘ni inson huquq va erkinliklariga maksimal darajada rioya etgan holda, barcha ishlarda terrorizmni ro‘kach qilmasdan, vahimaga berilmasdan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Asosiy faoliyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechimiga qaratishimiz zarur deb hisoblayman. Amaldagi Konstitutsion tuzumni zo‘rlik bilan ag‘darib tashlashga undovchi chaqiriqlarni, terroristik g‘oyalarni targ‘ib etishni, diniy davlat qurishga fuqarolarni chorlashni, jamiyatda milliy, diniy, irqiy nizolarni keltirib chiqaruvchi so‘zlarni, ekstremizm, fundamentalizmga chorlovchi so‘zlar va ishlarni, millatlararo ziddiyatlarga olib keluvchi har qanday chaqiriqlarni, qo‘shnilarimiz bilan aloqalarimizni buzishga da‘vat etuvchi so‘zlarni, inson huquq va erkinliklarini tahqirlovchi so‘zlarni, siyosiy rahbarlarga nisbatan tuhmat, bo‘htondan iborat so‘zlarni ishlatishni, ularni haqoratlash kabi so‘zlar va hatti-harakatlarni davlat siyosatiga qarshi so‘z yoki davlatga qarshi faoliyat yuritish deb bilaman. Agar shunday so‘zlarni eshitsam, bilsam, ko‘rsam, guvoh bo‘lsam, albatta tegishli organlarga xabar beraman hamda bu ishni o‘z fuqarolik burchim va majburiyatim deb hisoblayman. Bunday vaziyatdagi xabar yetkazishni chaqimchilik bilan umuman aloqasi yo‘q, aksincha bu vatan, jamiyat xavfsizligini oldini olishga qaratilgan harakatdir. Qolgan hollarda Hukumatning u yoki bu qarorlari, davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan erkin fikr bildira olishim Konstitutsiyaviy huquqim sifatida davlat tomonidan himoyalanishi va kafolatlanishi zarur deb hisoblayman. Agarki, mantiqan olib qaralsa, menimcha aynan yuqorida ta‘kidlangan so‘zlar Hukumatning nazarida ham davlatning siyosatiga qarshi so‘zlar sifatida talqin etilmog‘i lozim. Endi Hukumatning bu boradagi qarashlari qandayligini tegishli ma‘sul kishilar sharhlasalar kerak. Ushbu o‘rinda davlat siyosatining mohiyati nimadan iborat va uning maqsadi nima ekanligiga ahamiyat berish kerak. Davlatning siyosati umuman olganda davlat hokimiyati organlarining jamiyatni har tomonlama rivojlantirish yo‘nalishida olib boradigan maqsadli faoliyatidir. Davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning xohish-istaklari, talablariga muvofiq yoki mos kelishi hamda qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli resurslarga tayanishi kerak. Davlat siyosatini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Davlat siyosatining umumiy maqsadlari va har bir soha bo‘yicha maqsadlari bo‘ladi. Umumiy olganda har bir fuqaroning xavfsizligini ta‘minlash, uning mol-mulkini muhofazalash, insonlarning har tomonlama kamol topishlari uchun shart-sharoitlarni muhayyo etish, ish bilan ta‘minlash, shuningdek Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining asosiy o‘zagini tashkil etishi darkor. Davlat siyosatini ishlab chiqishda davlat organlari avvalo vaziyatni tahlil etishlari va jamiyat oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan muammolarni aniqlashlari lozim bo‘ladi. Shunga ko‘ra strategik va taktik vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Davlat siyosatini ishlab chiqish,uni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qabul qilinadigan Farmon, Qaror va barcha qonun yoki qonunosti hujjatlari avvalo Konstitutsiyaga zid bo‘lmasligi muhimdir.

Ilhomjon Abdymannonov: maktabda metallom olibkelasan deb farzandlarimni majbur kilishyabdi men kimgadur shikoyat kilsam demak davlatga karshi chikan bulamanmi?

Baha Akram: Tinchligimizni yukotishdan kurkamiz. Gulьshan Karayeva aytkanidek muammosiz diyerga aylangunimizcha uyimizni Uzbekistonimizni iskirt yomon iflos kuromidigan yod unsurladan xalifatlardan asrashimiz kerak...

Abdufattoh Kamalov: 37 yillar kelmoqda va yoki allaqachon kelgan.

Nona Nnonish:Qanaqa vosvos? Bu ogohlik! Siz o‘tirgan va yashayotgan joyizga nazar soling avval Yevropa va AQShni!! O‘shatda haqiqiy vosvos. Bizani tinchligimizni ko‘rolmaydigan anchaligini sizlar shular qatorida. O‘zligizi tinchligizi saqlolmas ekansiz, bizi ogohlik bilan tinchlik saqlayatganimizga til tekizmeng!!!

Aleks Aleks : Man "Davlat siyosatiga karshi suz" deganda xozirgi kunda davr talabi bulib turgan diniy ekstremistik ruxdagi suzlarni tushunaman. Pashshadan fil yasamanglar

Murod Hasanow: Bir ikkita davlat ishidagi raxbarlarimizaning olib borvotgan ishlari, umuman prezidentimizani etib utgan ma‘ruzalariga tug'ri kelmidi. Manimcha ba‘zi amaldorlarimiza prezidentimizaga yolg'on ma‘lumot berishadi

Maks Iks:Chak,imchiga aylansa xalk, birvarakay , xech kim xech kimdan ortik bulmaydi:-) echkilar jamiyatiga xush kelibsiz!

Baxtiyer Muratov: Biz uzbeklar fakat Alloxdan kurkamiz.Tinch Uzbekistonimizga kuz tegmasin.

Mavzur Abbosov: Uzini vatanini yaxshi kurmagan inson inson emas

Zokir Sharipov: Uzbekistonimizga kuz tegmasin. Yurtdoshlarimiz uzga yurtda kul bulmasin. Ayol kizlarimiz xayoga kaytsin. Maktovlar ketidan tankitga xam joy kolsin. Chunki tankit kelajak mevasidir. Maddoxlikdan saklaning. Maktovda xam tankitdaxam me‘yor bulsin.

BBCUZBEK Odnoklassniki guruhi

Zeynep Sodik: O‘z soyasidan ham qo‘rqadigan odamlar davlatga ob-havodek zarur

RA IS: Ikki kampirsho metroda pensiyamizni voxtida bermagani kolib endi plastinda berarkan yashshmagurlar deb uzoro xasrat kilsa darov xabar berish kerakmikan endi. Uykularida xam xalovat yukdir vosvosagen berish kerak

D A: Endi svet nega uchirdi bu maymunlar desa xam bas, kuloklar darov yetkazadi