“O‘zbek rahbariyati o‘zi yaratgan davlatga ishonmaydi”

Image copyright none

Butun dunyoda shov-shuvga sabab bo‘lgan "Panama hujjatlari" ortidan, Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeronning o‘z moliyaviy daromadi va soliq deklaratsiyalarini oshkor qilishiga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan Kemeron Britaniya vazirlari ichida o‘z hisob-kitobini jamoatchilikka ochiqlagan birinchi vazir bo‘ldi.

Bosh vazir buni "butunlay ochiq va shaffof" bo‘lish uchun e‘lon qilayotganini aytdi.

"Panama hujjatlari”ning O‘zbekistonga taalluqliligi haqida BBCUzbek o‘zbekistonlik sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonda amaldorlar o‘zlarining maosh va moliyaviy daromadlari haqidagi ma‘lumotlarni oshkor etmasliklari sabablari haqida gapirar ekan, Toshpo‘lat Yo‘ldoshev, “O‘zbekiston rahbariyati hech qachon xalqqa hisobot berib kelmagan, uni jamiyat hisobiga ham qo‘shmaydi” deydi.

“Boshqa tomondan, rahbariyat o‘zi yaratgan davlatga, o‘zlari tayinlagan mulozimlarga ishonmaydi. Shuning uchun ular mol-mulkini chet ellarda saqlashga harakat qiladi”,- deb tahlil qiladi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,uzbekweb.netga kiring.