Kobuldagi hujumlar oqibatida insonlar halok bo‘lgan

Image copyright Reuters

Afg‘on rasmiylari xabar qilishlaricha, poytaxt Kobuldagi ulkan portlash oqibatida 28 inson halok bo‘lgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangan. Qurbonlarning aksariyati tinch fuqarolardir.

Ichki Ishlar vazirligi so‘zchisi Siddiq Siddiqiyning aytishicha, xudkush hujumchi bomba joylashtirilgan mashinani portlatib yuborgan.

Image copyright AP

Ushbu hududda otishma ovozlari hamon eshitilayotgani xabar qilinadi.

Rasmiylar bir yoki ikki jangari qurolli qarshilik ko‘rsatayotganini aytganlar.

Image copyright EPA

Tolibon portlash uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olganini aytgan "Associated Press" axborot agentligiga.

Portlash ertalabki gavjum soatda yuz bergan.

Image copyright EPA

Bu joyoy Afg‘oniston Mudofaa vazirligi va harbiy qarorgohlar joylashgan tumandir.

Hujumlar tolibonning "bahorgi hujumlar"ga o‘tganini e‘lon qilganidan bir hafta sodir etilmoqda.

Image copyright epa

Jangari guruh "yirik hujumlar rejalashtirilgan"idan ogohlantirgan.

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, seshanba kungi hujum o‘tgan yil avgustidan beri eng falokatlisidir.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring