Toshkentdan Buxoroga tezyurar poyezd qatnaydi

O‘zbek rasmiylariga ko‘ra, yaqin oylarda Toshkentdan Buxoroga tez yurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

19 aprel kuni Buxoro viloyatida Qandim Gazni qayta ishlash majmuasining qurilishi boshlanishi munosabati bilan tantanali marosimda ishtirok etgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev yangi poyezd yo‘nalishi ochilishini ham ma‘lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 25 avgustdan Toshkent-Buxoro oralig‘ida tezyurar poyezdlarning doimiy qatnovi boshlanadi.

Qurilish bahosi 400 mln dollarga tengligi aytilgan.

Tezyurar poyezd vositasida hozirda 7 soat sarflanadigan masofaga 3,5-4 soatda yetib borilishi kutiladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" shirkati Ispaniyaning Talgo korxonasidan 20 yo‘lovchi poyezdi sotib olish uchun 42 mln dollarlik shartnoma imzolagan.

Ushbu poyezdlar Toshkent-Buxoro yo‘nalishida foydalanilishi xabar qilinadi.

O‘zbekistonda 2011 yildan boshlab Toshkent-Samarqand-Qarshi yo‘nalishida "Afrosiyob" tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Aholi tezyurar poyezdlarning qulayligini, ikki-uch soatda manzilga yetib borishni e‘tirof etsada, lekin chiptalarning bahosi hammaning ham cho‘ntagini ko‘tarmasligini qayd etadi.

Jumladan, Samarqandgacha chipta narxi bir kishiga 30-40 ming so‘m, Qarshigacha yo‘l haqi 70-135 ming so‘mni tashkil qiladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring