Nyu-Yorkdagi saralashda Klinton va Tramp g‘olib

Image copyright Reuters

AQSh prezidentligi uchun nomzodlikka da‘vogarlar praymeriz saylovlarini o‘tkazishda davom etishmoqda.

Nyu-Yorkdagi praymerizda respublikachi Donald Tramp g‘olib chiqqan bo‘lsa, demokratlar poygasida Hillari Klintonning qo‘li ustun kelgan.

Aksariyat ovozlar sanab bo‘lingan.

Janob Tramp raqiblari Ted Kruz va Jon Kasichdan sezilarli farq bilan oldinda bormoqda.

Oxirgi g‘alabalar Klinton xonim va Tramp janoblarini nomzodlika yanada yaqinlashtiradi.

Shu paytgacha sanalgan 98 foiz ovoz natijalariga ko‘ra, Tramp 60 foiz, Klinton 58 foiz ovoz to‘plab olgan.

Raqibi 38 foiz olgan Berni Sandersdan o‘zgan AQSh sobiq davlat kotibi Klinton xonim o‘z o‘rnida nyu-yorkliklarga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirgan.

"Rahmat Nyu-York. Siz menga 16 yil muqaddam ham ishongan edingiz va hozir ham ishonch bildiryapsiz. Men siz uchun kurashishdan hech qachon to‘xtamayman", deb yozgan Klinton o‘zining Twitterdagi sahifasida.

Respublikachi nomzod, milliarder Donald Tramp ham Manxettenda so‘zga chiqarkan, "Meni hammadan ko‘p yaxshi biladigan nyu-yorkliklarga rahmat aytaman. Ularning bu tarzdagi ovoz berishlari shunchaki ta‘riflash qiyin. Rahmat, Nyu-York! Men sizlarni yaxshi ko‘raman!" - deb aytgan o‘z tarafdorlariga.

"Televizion xabarlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, poyga yakuniga yetmoqda. Senator Kruz esa aftidan, matematik tarzda barcha imkonlarini qo‘ldan boy bermoqda", degan g‘alabadan mamnun Tramp janoblari.

26 aprelda Pensilvaniya shtatida o‘tadigan praymeriz respublikachi va demokratchilar uchun muhim sanaladi.

Undan so‘ng 3 mayda Indiana shtatida natijalarini mustahkamlashlari kerak bo‘ladi.

AQShda prezidentlik saylovlari 2016 yil noyabriga mshchljallangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring