Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Alisa G‘aniyeva Dog‘iston va "Olloh deya qag‘illagan qarg‘a" haqida

Ba‘zi vatandoshlarining qarg‘ishi va tana-yu dashnomlariga qolgan dog‘istonlik yozuvchi Alisa G‘aniyevaning Rossiyada unvonlari ko‘p.

"Dog‘istonning eng mashhur ayoli" deya tanilgan 30 yoshli yozuvchi "Salom senga, Dalg‘at!" qissasi uchun nufuzli "Debyut" mukofotini olgan.

Ammo, bu ilk asarini u erkakcha taxallus - Gulla Xirachev ismi ostida yozgandi.

Alisa G‘aniyeva, shuningdek, "Bayram tog‘i" va "Kelin va kuyov" nomli romanlari bilan nafaqat Rossiya, balki butun dunyoda kitobxonlarning mehrini qozonishga ulgurgan.

Dog‘istondagi bugungi hayot tarzi, ayniqsa radikallashayotgan musulmonlar haqida o‘z kitoblarida ochiqcha yozgani uchun G‘aniyeva xonim dindor kitobxonlarning tanqidlariga uchragan.

YouTubeda chop qilgan bir videosida u hijobga o‘rangan holda paydo bo‘lib, adabiyotdan voz kechishini aytishi rossiyalik kitobxonlar orasida shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Londondagi studiyada Ibrat Safo avvalo undan bugungi Dog‘iston qanday o‘lka ekani haqida so‘radi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring