Toshkentda 22 apreldan tramvaylar harakati to‘xtatiladi

Toshkent ko‘chalaridan tramvaylarni olib tashlash qarori ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinar ekan, ba‘zi toshkentliklar uchun bu qayg‘uli hodisa bo‘ldi. Kimdir eski Toshkentni qo‘msab, uning ko‘p jihatlari o‘zgarib borayotganidan nolisa, yana kimdir tramvaylarning hukumat g‘aznasiga qimmatga tushishi haqida yozgan.

Shahar ma‘muriyati qaroriga binoan, 22 apreldan tramvaylar harakati to‘xtatiladi.

Facebookdagi "Vodileti Tashkenta" sahifasida sharh va suratlar qoldirgan Artur Pashasning yozishicha, agar sarmoyalar o‘g‘irlanmay, to‘g‘ri nishoniga yetib borganda, tramvay juda qulay transport turi bo‘lishi mumkin edi.

"Agar relslar mukammal tarzda to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lsa, tramvayning tezligi soatiga 120 kilometrga chiqishi mumkin ekan, va u hech qanday shovqin yo vibratsiya qilmas ekan", - deb yozadi u.

Shuningdek, u tramvay haydovchisi bildirgan fikrlar bilan o‘rtoqlashgan.

"Menga "shturval ortida" rasmga tushishimga jon deb ruxsat bergan tramvay haydovchisining aytishicha, har yili tramvay yo‘laklarining ta‘mirlanishiga pul ajratiladi, lekin bu pullar to‘ppa-to‘g‘ri bu ishga mas‘ul odamlarning cho‘ntagiga borib tushadi. Aytishicha, agar bu pullar yo‘laklar ta‘mirlanishiga sarflanganda edi, tramvay jahondagi ko‘plab mamlakatlardagi kabi juda yumshoq, tez va qulay transport vositasi bo‘lardi", - deb yozadi Artur Pashas.

Uning bildirishicha, haydovchi unga yaqin kunlarda ko‘plab tumanlarda trolleybuslar ishga tushirilishi, ammo tramvay ulardan ko‘ra ekologik jihatdan ancha tozaroq ekanini aytgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq