Himoyachi: "Abdulloh Buxoriy siyosiy qotillik qurboni"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Istanbuldagi mahkamada davlat qoralovchisi o‘zbekistonlik imom Abdulloh Buxoriyni o‘ldirishda ayblangan ikki shaxsga umrbod qamoq jazosi so‘ragan.

Asl ismi Mirzag‘olib Hamidov bo‘lgan andijonlik imom 2014 yil 10 dekabrida Istanbulning Zaytunburni mavzesida otib ketilgandi.

Istanbulning Baqirko‘y tuman jinoyat ishlari bo‘yicha mahkamasi 21 iyun kuni turkiyalik Eldor Aslon va o‘zbekistonlik Sobir Shukurovga nisbatan hukmni e‘lon qilishi kutilmoqda.

Ikki shaxs qotillikdan ko‘p o‘tmay, turk politsiyasi o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida Anqara va Antaliyada qo‘lga olingan.

Yaqinlari va himoyachisi qotillik ortida Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari turganini iddao qilishadi.

Pahlavon Sodiq turkiyalik himoyachi Umar Yuzgul bilan suhbatlashgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring