"O‘zbekistonda matbuot erkin bo‘lishidan hukumat manfaatdor emas"

Image caption O‘zbekiston matbuoti

O‘zbekistonda Sho‘rolarning qayta qurish siyosati davrida endi uchirma bo‘layotgan erkin matbuotning qanotlari, mustaqil jurnalistlarga ko‘ra, prezident Karimov davrida shafqatsizlarcha kesib tashlandi.

"Chegara bilmas muxbirlar"ga ko‘ra, oxirgi yillarda siyosiy rahbarlarning matbuotga bosimi kuchaygan.

Xalqaro tashkilotning 180 mamlakatdan iborat reytingida O‘zbekiston 166-o‘rinni egallagan.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti O‘zbekistondagi ommaviy axborot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat tashvishlanarli bo‘lib qolmoqda, deb hisoblaydi.

Sobiq SSSR mamlakatlari orasida Estoniya matbuoti 14-o‘rinni, Latviya 24-, Litva 35-o‘rinni, Gurjiston matbuoti 64-o‘rinni, Armaniston 74-, Moldova 76-o‘rinni, Qirg‘iziston 85-o‘rinni,

Ukraina 107-, Rossiya 148-, Tojikiston 150-o‘rinni, Belarus 157-o‘rinni, Qozog‘istonni 160-o‘rinni, Ozarbayjon 163-o‘rinni, O‘zbekiston 166-chi va Turkmaniston 178-o‘rinni egallagan.

Nima uchun O‘zbekiston hukumati erkin va mustaqil matbuotga yo‘l bermaydi?

BBC O‘zbek xizmati o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari va guruhlarida, xususan, Facebook va Odnoklassnikida ommaviy-axborot vositalarining qanchalar erkin va yo mahdud ekani masalasini ko‘tardi.

Prezident Karimov bir necha bor o‘zbek jurnalistlarini jur‘atsiz deb tanqid qilganiga qaramay, nima uchun mamlakat matbuot ozod emas?

Prezident Islom Karimov yolg‘ondakam koyib qo‘ymoqdami jurnalistlarni va yo...rost so‘zlamoqdami?

Siz O‘zbekiston ommaviy-axborot vositalariga ishonasizmi?

Avvaliga BBCUZBEK Facebook sahifasidagi fikr-mulohazalarga to‘xtalsak.

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda –tah.)

Rusty Rakhmatulla Aliy: endii prava olgan odamga srazu aston martin DB 10 moshinasini bermidiku!! taxminan shunaka narsa! dodamiz rosa akilli i adolatlila! umirlari uzok busin!

Anvar Ikramov: Nimaga berib bulmaydi? Xato fikr! B kategoriya prava olgan vaktni uzida bugatti veryron xam xaydayveradi. Ulada tem boleye oson, ikkita pedal …Undan kura moskvich kiyin boshkarishda!

Rustam Karim: I.Karimov xakikatni yorituvchi matbuot,xakikatni gapiruvchi imom-ulamolardan va oppozitsiyadan ko‘rkadi chunki ....I.Karimov ich-ichidan Kommunist va o‘z xayotidan ko‘rkadi!21 asrda Yevropada xukumatni istefosini va agdarilishini OAVlar bajarib kelyapti!OAVlar xalkni kon to‘kilishi va fukaroviy urushlarni oldini olib,xalkka farovon xayot ta'minlab kelyapti!Kachon Yevropa va Amerika kit'alarida oxirgi martda konlik inkilob bo‘lgan?!Konlik inkiloblarning bo‘lmasligida,AOVlarning katta xizmati bor!!!

Mukhitdin Boliev: BBC O‘zbekdagilar! Har narsani bu yerda yozish kerak emas? O‘zlaring kimlarning hisobidan kun ko‘rayapsizlar?Kimlarning nog‘orasiga uynayapsizlar?O‘zbekistonni tinch qo‘yinglar? Ana Demokratiya o‘rnatishdi o‘sha amerikaliklar natija nima bo‘ldi,Iroq,Suriya,Misr,Liviya davlatlari parokanda bo‘ldi-ku?

Diyora Tursunova: (Karimov) adolatli bo‘lganida 25 yil emas, qonunga ko‘ra 7 yilda o‘z ishini qoyil qilib qo‘ygan bo‘lardi. Haqiqat yo‘q bizada va haqiqatdan qo‘rqishadi. Hammasi tilyog‘lamalik, maqtovbozlik va tilakbozlikdan boshqa narsa emas. Yurtimizga haqiqatli va sof vijdonlilar kerak!

Ali Khan: Karimov ko‘p narsadan bexabar degan safsataga ishonish juda qiyin. Shunchaki tanqidni yoqtirishmaydi. Konstitutsiya va boshqa qonunlar nomigagina qabul qilingan. Xalqning hukumatdan hafsalasi allaqachon pir bo‘lgan. Ularni ushlab turgan yagona narsa bu mamlakatdagi tinchlik...

Baxrom Abduraximov: BBC jurnalistlari , xech bo‘lmaganda sizlar kasbdoshlaringizga solidarnost-birdamlik izxor etingizlar, O‘zbekistonlik futbol jonkuyari Zafarjon Imomxo‘jayevning taqdiri bilan qiziqinglar. Men, shaxsan u yigitni ekran orqali taniyman xolos va xozirgi taqdiridan bexarbarman, ammo uning nafaqat futbol uchun, balkim xaqiqatni ochiq va achchiq ayta bilgan bir o‘zbekistonlik jurnalist bo‘lganligi uchun , unga ixlosim baland. Zafar kabi jonkuyarlar , korchalonlar - zo‘rlar qurboniga aylanib qolaversa, O‘zbekistonimizda nafaqat futbol, nafaqat erkin matbuot, balkim erkin fikr , xattokim erkin nafas ham olib bo‘lmay qoladi! Sizlar ham asli o‘zbeksizlar va shu aziz O‘zbekistonimizda barcha soxada rivojlanish va faravonlik, shu jumladan erkinlik va adolatni istaysizlar degan umiddaman. Sizning qo‘lingizdan keladi: O‘Z.F.F va SPORT T. K.ga: -"Zafarni-futbol sharxini -ekranga- futbol ishqibozlariga qaytaring" -aktsiyasini qullab - quvvatlang va tashkil qiling. Ishoning bu nafaqat men uchun, nafaqat futbol uchun, nafaqat ishqibozlar uchun, balkim hammamiz va millatimiz kelajagimiz uchun ham muxim, oldga bir qadam !

Mexmet Chelebey: Erkin matbuot yuk deysizlarmi? Matbuotni uzi yukku,erkinligi keyin muxokama kilinish kerakmasmi? Obuna majburiyligi buyicha dunyoda birinchi rakamda turgandir...

Farkhod Abdurakhmonov: Menimcha, dunyodagi bironta ham davlatda matbuot to‘liq darajada, ya‘ni mutloq holatda erkin emas. Har qaysi mamlakatda matbuot davlat tomonidan tartibga solib turiladi va boshqariladi. Ammo demokratik qadriyatlar rivojlangan mamlakatlarda matbuotning erkinlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi. Mazkur jamiyatlarda matbuot to‘rtinchi hokimiyatga aylangan, ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar voqe‘a va hodisalar haqida har tomonlama ob‘ektiv ma‘lumotlar berishga harakat qiladilar. Ayni paytda ushbu o‘rinda xalqaro maydondagi ziddiyatli holatlarni bayon etishda ob‘ektivlik yetishmasligini ham ta‘kidlash o‘rinlidir. Yaqinda o‘zimizning matbuotda bir harbiy kishining axborot urushi, mediamanipulyatsiya to‘g‘risidagi maqolasini o‘qib chiqdim. Maqola muallifi xorijdagi ommaviy axborot vositalarini davlat nazorat qilishi hamda ular tomonidan beriladigan ma‘lumotlar hamma vaqt ham xolis emasligini uqtirib, mediamanipulyatsiyadan himoyalanish vositasi sifatida o‘zimizning matbuot, radio va televideniyamiz kanallariga murojaat etishni tavsiya etgan. Demak, muallifning fikricha bizning OAVlar eng to‘g‘ri axborot beradigan manba hisoblanar emish. Shaxsan men bunga ishonmayman, chunki televideniya kanallarida asosan faqatgina yutuqlar haqida gapiriladi, deyarli barcha ko‘rsatuvlar ham maqtov va olqishlardan iborat, go‘yoki bizda hech qanday ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy kamchilik hamda nuqsonlar umuman yo‘qdek. Ba‘zida beriladigan tanqidiy materiallar esa buyurtma asosida tayyorlanadi yoki ayrim efirga uzatiladigan xato va kamchiliklar haqidagi dasturlarda sababchilar qilib hamisha past bo‘g‘indagi, mahalliy hokimiyat darajasidagi shaxslar ko‘rsatiladi. Erkin fikr, mustaqil fikr va shunga o‘xshash hokazo dasturlarda deyarli erkin fikrni eshitmaysiz, ushbu dasturlarda ishtirok etuvchilar u yoki bu muammolarni ko‘tarib chiqqan bo‘ladilar hamda ularning tanqid ob‘ektlari bevosita oddiy fuqarolar bo‘lib chiqadi. Gazeta va jurnallarning ayrimlarini istisno etganda ko‘plarida mantiqsiz, keraksiz ma‘lumotlar yoritiladi. Matbuotga qanchalik ko‘p erkinlik berilsa va uning barobarida jurnalistlarning mas‘uliyatlari oshirilsa, shunchalik jamiyatimiz oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan dolzarb muammolar ochiqlanadi, shaffoflik ta‘minlanadi, insonlar real, haqiqiy axborotga ega bo‘ladilar. Afsuski, ko‘plab rahbarlar va ayniqsa, o‘z lavozimiga loyiq bo‘lmagan, ish faoliyatida ko‘pgina qing‘ir-qiyshiq ishlarni amalga oshiradigan mas‘ul shaxslar o‘zlarining haqiqiy basharalarini namoyon bo‘lishidan qo‘rqadilar. Shuning uchun bunday rahbarlar hech qachon matbuot erkin bo‘lishini istamaydilar. Jurnalistlar jur‘atli bo‘lishlari uchun ularning huquq va erkinliklarini real kafolatlaydigan shart-sharoit yaratilmog‘i lozim. Rahbarlarda so‘z va ish birligi mujassamlashgan bo‘lmog‘i hamda tsenzuralarga chek qo‘yilmog‘i juda ham zarur hisoblanadi. So‘z va matbuot erkinligi, demokratik qadriyatlar, ochiq, adolatli jamiyat qog‘ozda emas amalda o‘zining ifodasini topishi darkor.

Aktam Axmedov: Trollarning jazavaga tushganidan kurinib turbdiki, yukoridan kattik topshirik olishgan. Rustamjon, ularni vaysashiga kulok solmang, ular xatto kul xam emas, chunki kullar vakti- vakti bilan,zulm oshib ketganda kuzgolon kutarib turishadi. Bundaylarni ta‘rifini uslug kozok yozuvchisi Ch.Aytmatov bir suz bilan anik bergan -"Mankurt".

Ulugbek Karimov: Tugri Islom Abdiganivech Karimov bobomiz tugri yuldan boryabdilar chunki yurtimiz tinch ota onamiz opa Aka singillarimiz karindoshlarimiz xamma xammasi boshimizga sog OMON yurishibdiku silaga yana nima kerak??? Mana maktablarda kollejlarda ta' lim olish bipul...

Marifjon Mirzayev: Siyosat boshka,xayot boshka.Menimcha I. Karimov pozitsiyasi juda tugri.U juda kuchli siyosatchi.

Zulfiya RuziMukhammad: Bizada jurnalistlar fakat ertak yezishadi J Sevgi xakida.

Baxrom Abduraximov: Avvalasi dunyoda nainki matbuot, balkim jamiki xayotning o‘zi nisbiydir, xech bir narsa abstrakt-mutlaq-yakka emas, Xudodan boshqa, shuning uchun ham g‘arb matbuoti ham nisbatan erkindir, ammo nisbiy bo‘lsada erkindir Nega bizda matbuotdan qo‘rqadi ekan? 1,Avvalasi matbuot vazifasi nima ? Albatta voqeilikni keng tarqatishdir-taxlil qilishdir- surishtirishdir va xaqiqatni tagiga yetishdir! Xukumat esa voqeilikni keng tarqalishini, xaqiqatni keng jamoatchilik nazariga yetib borishligini istamaydi. Sababi esa ma‘lum ...! O‘zbek matbuoti esa, faqat qilingan va qilinmagan ishlarni bir yoqlama maqtaydi-xukumatdan maqsad oladi-maqsaddan mantiq yasaydi, garchand ancha muncha ishlar-qurilishlar amalga oshayotgan bo‘lsada - o‘sha qurilishlarda ham inson omili QAY DARAJADA ??? Bu alohida mavzu!, Aslida xalqning muamosi -xaqsizlik- adolatsizlik biyor, u xaqda o‘zbek matbuoti og‘iz juftlashga nochor -fonogrammaga giriftor. Ana shuning uchun ham erkin va mustaqil matbuot , xukumat manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi, aks xolda barcha xaqiqatlar ochilib qoladi va ....? Aynan xaqiqatga tik qara olmaganligi - qo‘rqqanligi uchun ham mustaqil matbuotdan qo‘rqadi, Sababikim o‘zbekda maqtovga moyillik juda kuchli, bu esa tanqidga toqatsizlikni-man-manlikni kuchaytiradi, bu esa erkin so‘zlovchi-xaqiqatni istovchi tanqid qiluvchilarga nisbatan zug‘umni kuchaytiradi , alqissa shunga xukumat erkin matbuotni istamaydi desak to‘g‘riroq bo‘lar edi. 2. Matbuotning kuchi nimada? Matbuot xaqiqatni surishtiruv orqali taxlil qilib keng jamoatchilikka tarqatishi ma‘lum, ammo uning kuchi, aynan keng jamoatchilikda, xalqning faol pozitsiyasida, xalq tsepnoy reaktsiya orqali o‘z pozitsyasini faol bildirmasa, matbuotning xech qanday kuchi ham axamiyati ham bo‘lmaydi. Aslida g‘arb xukumatlari ham tanqidni ko‘p ham xo‘sh ko‘rmaydi , ammo matbuotda e‘lon qilingan xaqiqatga, keng ommaning faol fikridan qo‘rqadi va shundan matbuot o‘z kuchini va o‘z o‘rnini oladi, xukumat esa hisoblashishga majbur bo‘ladi. Demak: matbuot so‘zi-xalq ko‘zi, matbuot ko‘zi-xalq so‘zi va natijada xukumat bir o‘zi, yo‘qdir qarshi aytishga biror so‘zi va toqat qilishga majburdir! Bizda-chi, faqat matbuot ko‘zi erkin emasmi yo xalqning, matbuot so‘zi erkin emasmi yoki xalqning, xukumat ko‘proq aybdormi yoki matbuotmi yokim xalqmi ? Tovuq aybdormi yoxud tuxum?

BBCUZBEK Odnoklassniki

---- M ----: (Matbuotga) ishonib bo‘lmaydi

Jaxangir Kenjabayev: OAV Yerkin bulishi uchun avval muxbir, Jurnalistlar umuman olganda xammalari rost, tugri va Ayni damda xakikatni yozishi va ommaga olib chikishi kerak!!! Rostdan xam jurnalistlarimiz juratsiz yoki (slaby) chunki korkishadi... Nimada? Buni sizu-biz yaxshi bila miz... Bu birinchi tamoni.. Yendi ikkinchi tamoniyam bor Xalkga yyetkazadigan xabarlari fakat ogzaki gaplaru shirin xayotlar... Shaxsan ozim OAV ga yerkinlik berilishi tarafdoriman.. Kolganini xulosa kilasizlar chunki kopchilikni fikri menikidek bulsa kerak

ÚzBèK TíGèR: Tsenzura o‘rnatilgan

Nodir Zek: Uzbekiston jurnalislari xakikatni yozgani uchin oyli omaydi xukumat nimani buyirsa shuni yozadi kegin oyli maosh oladi

Nargiz Abduxoliq: E kizik gap buldi axir tv da vatanimiz jannatu, suz erkinligi maktalish va maktash erkinligi laganchilik erkinligi bukilib tazim kilish erkinligi, karsakbozlik erkinligi avtoritarizm erkinligi exxeyeeyee kuuup erkinliklar bor ...Kaysi sharoit (bor O‘zbekistonda)gasterbayterlikmi ye maoshni yigirma foizidan kechib nakd kilishmi chetga sotilayetgan elektr va gazmi ye poraxurlikmi, laganchilar va buyrukbozlikmi yeki konuniy konunsizlikmi, e'tikodga kilinayetgan xujumlarmi ye suz erkinligini man etishmi olimlarni sazoyisimi ye yeppasiga savodsizga aylanayetgan xalkmi kaysi sharoit u yaratilgan kaysi?

XAZRATI UMAR XIDOYaTLANGAN: Endi siz karang bir ishxona ochdingiz savdo yuk kam buladi.Solikni shaxarni soligi buyicha narxladida ular ketdi. Siz savdo kilolmadingiz. Ular oyda keldi. Solik didi. Savdo yaxshimas menam ortikcha savdo kilolmadim. Didingiz. Ular farki yuk yuksa yep didi. Yashash kerak berdingiz vakt utdi. Yana keldi. Yana usha axvol. Tutaysiz. Sizga kolmadi. Bola chakangizni riski ashindan edi. Sharoyitdan keb chikib ozmi kupmi ajrovdi. Berdingiz solikka. U kunmadi. Siz nima kilasiz kulsiz karabsizki tayyer madikor. Kapan gado nimayu siz nima buldingiz uni oldida. Shariyat sharoyit diydi. Bu esa adolat diyiladi. Shaxarga solik kishlokka solik. Aloxida sharoyitdan xolatdan muxitdan axvoldan kelib chikib shariyat buyicha konunga muvofik narx solik belgilanadi.

Bekzod Tulaganov (PRDX CREW): Ozgina sabr...Hali cho‘ponlarimizam saroyli bo‘ladi!

Asilya Abdullayeva: Podshoh Allohning yerdagi soyasi, kim Allohning qudratiga ters chiqa oladi? Alloh saralagan va suyganini podshoh etib taqdir qiladi...

XAZRATI UMAR XIDOYaTLANGAN: Podshox kachon Allohning soyasi buladi.Kachonki xar taraflama xaq bulsa anashundagina u podsho Alloh soyasi buladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq