Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Chernobllik momo: "Bu yer mening vatanim"

1986 yilning 26 aprelida ro‘y bergan Chernobl fojeasi ko‘plab mahalliy odamlarning hayotlarini butunlay o‘zgartirib yubordi.

Atom stantsiyasi inshooti atrofida turgan minglab tinch aholi Ukrainaning boshqa hududlariga ko‘chirildi.

Ko‘p odamlar yangi joyda yangi hayot qurishni boshlashgan bo‘lsa, ba‘zilar o‘z turar joylariga qaytib kelishgan.

Ular qarovsiz qolib ketgan qishloqlarda qaytadan yerlashib, xavfsiz hududlarga ko‘chishdan hamon bosh tortib kelishmoqda.

Bunday "noqonuniy" yashovchilardan biri 84 yashar Anna momodir.

U Chernobl AESidan 30 km uzoqligida joylashgan tashlandiq Kupovati qishlog‘ida hayot kechirayapti.

Chernobl atrofidagi hududlarda radiatsiya miqdori hamon inson salomatligiga xatarli darajada qolayotir.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring