Qatag‘on va qalam: Abdurauf Fitrat

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bu yil atoqli ma‘rifatparvar Abdurauf Fitrat tavalludiga 130 yil to‘ladi.

1996 yilda zamonaviy o‘zbek tili va adabiyotining asoschilaridan, shoir, dramaturg va davlat arbobi Fitrat tavalludining 110 yilligi keng nishonlangan, Buxoro shahrida Fitrat bog‘i va uy-muzeyi ochilgandi.

Ammo so‘nggi yillarda Fitrat shaxsi va me‘rosiga munosabatning o‘zgargani kuzatiladi.

BBCga ma‘lum bo‘lishicha, Toshkentdagi "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi markazida joylashgan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyidan Abdurauf Fitratga bag‘ishlangan materiallar olib tashlangan.

Fitratning 110 yilligini nishonlashga bosh-qosh bo‘lgan sobiq mulozimlardan birining aytishicha, Abdurauf Fitratga go‘yoki "Turkiyaning josusi" bo‘lgan degan tamg‘a yopishtirishga urinishlar bo‘lgan.

Fitrat 1909-1913 yillarda Turkiyada yashagan va Istanbul universitetida tahsil olgan.

Turkiyada u jadidchilik g‘oyalari bilan yaqindan tanishadi va shu g‘oyalar bilan sug‘orilgan qator asarlar yozadi.

Uning ilk she‘riy to‘plami "Sayha"va "Sayyohi hindi" hamda "Munozara" singari imashhur asarlari ham shu yillarda Turkiyada dunyo yuzini ko‘rgan.

U Fitrat tahallusini ham Turkiyada oladi.

1921-1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida Maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan Fitrat o‘ziga qarshi ta‘qiblar boshlangach, Moskvaga ketib, u yerdagi Sharq tillari institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi.

1927 yilda O‘zbekistonga qaytgach, to 1937 yil 24 aprelida NKVD tomonidan hibsga olinguniga qadar Samarqand Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da talabalarga dars beradi.

Samarqandik navoiyshunos olim Muhammadjon Mahmud xuddi shu davrda Fitratdan saboq olgan.

O‘zi ham Fitrat kabi qatag‘on qurboni bo‘lgan 100 yoshli Muhammadjon ota navbatdagi suhbatida Fitrat haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring