Saloh Abdusalom Frantsiyaga ekstraditsiya qilingan

Image copyright BelgianFrench police

Belgiya prokuraturasi xabar qilishicha, 2015 yil noyabridagi Parij hujumlarining asosiy gumondori va 18 mart kuni Bryussel shahri chetida hibsga olingan Saloh Abdusalom Frantsiyaga ekstraditsiya etilgan.

Belgiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ekstraditsiya amaliyoti o‘ta maxfiy sharoitda 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi o‘tkazilgan.

26 yoshli Saloh Abdusalom 13 noyabrida Parij shahrida bir necha joylarga hujum qilganlaridan keyin tirik qolgan ikki hujumchidan biri deb ko‘riladi.

Parij hujumlarida 130 inson halok bo‘lgandi.

Hujumchilar o‘zlarini o‘zlari portlatganlari aytiladi.

Saloh Abdusalom portlashlar payti Parijda bo‘lganini rad etgan.

Politsiya taxminicha, Saloh Abdusalom eng so‘nggi daqiqada o‘zini portlatmaslikka qaror qilgan.

Advokati Sven Marining aytishicha, Abdusalom Belgiya prokuraturasi bilan hamkorlik qilmoqda.

Uning ko‘rsatmalari tergov uchun "oltindan qimmat" deya ta‘riflagan advokati.

Image copyright AP
Image caption Saloh Abdusalom 18 mart kuni Molenbekda qo‘lga olingan

Saloh Abdusalom Belgiyada tug‘ilgan, biroq Frantsiya vatandoshligini olgan.

Parij hujumlaridan keyin unga nisbatan qidiruv e‘lon qilindi.

18 mart kuni Saloh Abdusalom Molenbek bo‘lgasida qo‘lga olingan, hibsga olish payti oyog‘idan yaralangan.

U qo‘lga olinganidan to‘rt kun o‘tib Bryussel aeroporti va metro bekatida portlashlar ro‘y bergan, oqibatda 35 inson halok bo‘lgan, 300 dan ortiq inson jarohatlangan.

Saloh Abdusalom advokatining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi Bryussel hujumlariga tayyorgarlik haqida xabardor bo‘lmagan.

Abdusalom bilan birga Parij hujumlariga aloqadorlik gumoni bilan yana to‘rt kishi hibsga olingan.

Dastlab Saloh Abdusalom o‘z ixtiyori bilan Frantsiyaga ekstraditsiya etilishiga qarshi chiqqan, lekin keyinroq qarorini o‘zgartirgan.

Advokati Sven Mari so‘zlariga ko‘ra, Saloh Abdusalom Frantsiya rasmiylariga "tushuntirish bermoqchi".

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq