O‘sh: Abdulloh ok.ru dagi suratni yoqtirgani uchun sudlanmoqda

Image caption Sudlanuvchi Abdulloh Nurmatov o‘zining qandaydir bir diniy tashkilot a‘zosi ekanligini inkor etadi

Ektremizmda ayblanib 10 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan qorasuvlik imom Rashod Kamolovning ijtimoiy tarmoqdagi surati yana bir insonning mahkamaga tortilishiga sabab bo‘lmoqda.

Bo‘lib o‘tgan sud jarayonida, himoyachilar Abdulloh Nurmatovning noqonuniy qo‘lga olinishi va unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishdagi qator qonunbuzarliklarga urg‘u berganlar.

"Abdullohni ekstremistik ma‘lumotlarni saqlaganlikda ayblayaptilar. Biroq, unga yetarli dalil va isbotlar yo‘q. Militsiya hodimlari himoyamizdagi insonning "Odnoklassniki.ru" ijtimoiy tarmog‘idagi ma‘lumotlarni hech bir sud qarorisiz, noqonuniy olganlar. Qirg‘iz Respublikasi konstituttsiyasining 29 moddasi: "Har bir inson, maxfiy elektron va boshqa turdagi yozishmalar huquqiga ega. U faqat sud qarori asosidagina cheklanishi mumkin", deya qayd etilgan", deydi himoyachi Husanboy Saliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, himoyachilar yuqoridagi qonunbuzarliklar yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qilganlar. Biroq, hakam ushbu holatni inobatga olmay, jarayonni boshlagan.

"Aftidan sud jarayoni qatnashuvchilarining barchasiga ham 29 moddadagi - maxfiy (shaxsiy) yozishmalarni kafolotlovchi huquqni cheklash mohiyati tushunarli bo‘lmasa kerak" – deya ro‘kach qilgan himoyachi.

Shuningdek, sudlanuvchi Abdulloh Nurmatovning "ok.ru" ijtimoiy tarmog‘idan olingan ma‘lumotlar, "Qirg‘iziston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita" ekspertizasidan o‘tkazilgan.

"Bunday holatlar tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. O‘tgan sud jarayonlarida himoyachilar hakamga "Sud ekspertiza va davlat kadr xizmatining" rasmiy xatini berganlar. Unda "Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi" ekspertiza o‘tkazish huquqiga ega emas. Ularda diniy bilimga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat asosida ishlovchi mutaxacsis lavozimi yo‘q ekanligi yozilgan. Bu yerda ham qonunbuzarlik yuz bergan", deydi himoyachilar.

Sud hakami himoyachilar so‘zlariga javoban, "Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mita" mutaxassisi ma‘lumotlarni "Hizb–ut–Taxrir"ga oid ekanligini qayd etgan bo‘lsa, demak ma‘lumotlar ekstremistik hisoblanadi deya raddiya bergan.

Sudlanuvchi Abdulloh Nurmatov o‘zining qandaydir bir diniy tashkilot a‘zosi ekanligini inkor etadi.

"Men ok.ru suratiga "klass" bosgan inson Dilyor Jumaboyev qo‘shnim, Rashod Kamolov esa, bizning masjid imomi edi. Ularning suratlarini internetdagi turli xil ma‘lumot saytlaridan erkin topish mumkin", deydi sudlanuvchi.

Qorasuv shahar yashovchisi Abdulloh Nurmatov o‘tgan yilning 20 avgustida ok.ru ijtimoiy tarmog‘ida, hozirda ekstremizmda ayblanib 10 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan imom Rashod Kamolovning suratlariga "klass" belgisini qo‘ygani uchun militsiya xodimlari tarafidan qo‘lga olinib, keyinchalik sud qarori asosida uy qamog‘iga chiqarilgan edi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq