Milliy g‘urur va "Rassiyadagi tirikchilik"

Image copyright www.mosds.ru

Xabarlarga ko‘ra, nafaqat poytaxt Toshkent, balki viloyatlarda ham aksariyat ota-onalar o‘z farzandlarining rus maktablari yoki rus tili chuqur o‘rgatiladigan maktablarda tahsil olishini istashar ekan.

Sizningcha, buning sabablari nimada?

O‘z farzandingizni qaysi maktabda o‘qitgan bo‘lardingiz?

Facebookdagi BBC O'zbek sahifasida o‘z fikrlarini qoldirgan aksar o‘zbekistonliklar o‘zbek maktablarida ta‘lim saviyasining tushib ketganini urg‘ulashgan.

Ularning fikricha, ota-onalarning rus maktablarini afzal ko‘rishlariga yana bir sabab O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirligi oqimidir.

"Aksar ota onalar kelajakda farzandlarini Rossiyaga mardikorchilikka borganida qiynalmasin deyishar ekan. Ana shunaqa..." deb yozadi Ummu Muhsina ismli Facebook foydalanuvchisi.

Unga javoban Anora Abdusattorova "qaysi ota-ona bolam mardikor bosin deb niyat qiladi?" deya sharh qoldirgan.

Javlon To'lqinovning fikricha, davlat tili o‘zbek tili bo‘lishiga qaramay, davlat idoralarida hanuzgacha rus tilida ish yuritishning saqlanib qolayotgani o‘zbeklarni rus tilini o‘rganishga undayotgan sabablardan biridir.

"Chunki 90% dokumentla, dogovor, otchet, kontrakt rus tilida", - deb yozadi.

Va bugina emas.

Image caption O‘zbek maktablarida ta‘lim saviyasi tushib ketgani aytiladi

Farkhod Abdurakhmonov ning fikricha, rus tilidagi maktablarda o‘quvchilar erkin fikrlashga o‘rgatiladi.

"Chunki rus tilida ta‘lim beriladigan maktablarda nisbatan bo‘lsa-da, chuqurroq bilim olish mumkin va shuningdek, bu yerda bolalarda erkin fikrlashni shakllantirishda kengroq muhit mavjud... Ma‘naviy dunyoqarashi keng, ziyoli, uzoqni o‘ylab ish tutuvchi hamda salohiyatli Ota-onalar o‘z navbatida bolalarini haqiqiy bilimli bo‘lishiga e‘tiborlarini qaratadilar. Aynan shundaylar bolalarini rus tilidagi maktablarda va undan tashqari turli yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilim beradigan repititorlarga o‘qitadilar. Oramizda iqtisodiy ahvoli yomon bo‘lishiga qaramasdan, bolalarini ilmli bo‘lishi uchun bor-budini sarflab harakat etayotganlar ham borligini ta‘kidlash lozim. Sharhlarimizga javoban ba‘zilar davlatimiz maktab rivoji uchun katta pul sarflayapti, yangi zamonaviy maktablar qurilmoqda, musiqa maktablari ochilmoqda, sport to‘garaklari rivojlanmoqda, ta‘lim dasturi qabul qilingan, bolalarimiz chempion bo‘lishmoqda va hokazo maqtovlarni yozishlari mumkin. To‘g‘ri, ishlar qilinyapti, ammo xo‘jako‘rsinga. Asosiysi ilmga talab yo‘q. Qachonki, oliygohga kirishning asosiy mezoni bolaning bilimi, mansabga erishishning yagona yo‘li shaxsning bilimi, tafakkuri va samarali tajribasi, boy bo‘lishning asosiy manbai insonning bilimi, mehnatsevarligi, tadbirkorligi, oqilligi, o‘z kasbining ustasi ekanligi bo‘lsa, shuningdek, olimlik darajasiga erishishning ham yakkayu-yagona yo‘li faqatgina ilm orttirish, malaka, kuchli tafakkur sohibi bo‘lish orqali qo‘lga kiritilsa shundagina biz mamlakatimizda ilmga talab bor, ilm qadrga ega, kuch ilmda, kuch adolatda deya olamiz", deya fikrini davom ettirgan Farkhod Abdurakhmonov.

Baxrom Abduraximovning fikricha, ta‘lim tizimiga e‘tibor xo‘jako‘rsinga. U sobiq ittifoq ta‘lim tizimining yaxshi unsurlaridan voz kechilganini afsus bilan qayd etadi.

"Biz ittifoqdan yuz o‘girib, mustaqillikka yuz tutdik, bu albatta taxsinga sazovordir, zero aytadilarkim: Har qavmning o‘z qabristoni, har bandasining o‘z qabri bo‘lsin, deganlaridek o‘zbek millatining ham o‘z O‘zbekistoni o‘z vatani bo‘lsin ! Ammo biz ittifoqning yaxshi udumlaridan voz kechishga shoshma-shosharlik qildik. Jumladan, vatanparvarlik-patriotizm ruhiga, yosh avlodni o‘qitish va bilim berishdek mas‘uliyat ruhiga, uning o‘rniga moddiy manfaatdorlikni -tadbirkorlikni ko‘r-ko‘rona hamma soxaga va jabhaga keng quloch yozdirib yubordik. Vaholanki, tug‘ruq doyasi, insonni dunyoga keltirib, mukammal savob qilishligini, bog‘cha tarbiyachisi, yosh avlodni ongini kamol toptirib, muhim savob ish qilishligini, muallim ikki oyoqli mavjudotdan, ongli, tafakkurli inson atalmish xurliqoni yaratishini unutib qo‘ydik. Axir ular tadbirkor emas, balkim jafokor va o‘z kasbiga vafodor bo‘lishlari shart edi-ku, ammo biz hammadan tadbirkor yasab qo‘ydikki, kasbga sadoqat- kasbidan g‘urur va faxr degan tushunchalarni mutlaq unutib yubordik va uning o‘rniga moddiy manfaatdorlikni hamma joyda va hamma vaqtda va hamma tomondan birinchi vazifaga aylantirib qo‘ydik. Axir, ittifoq-ruslar zamonida ham ushbu kasb egalari bayot-shayot yashamasdilar, odmi hayot kechirishar edilar, ammo o‘z kasblariga sadoqat va mas‘uliyat hissi baland edi, xozir esa, hammasi repetitor-tadbirkor-tovlamachi bo‘lib qolishdi. Shunga ko‘ra, ota-onalar, ruslar davrini, ruslarning kasbga sadoqatimi-vijdonimi borligini o‘ylab, o‘z bolalarini rus maktabiga ishonishsa kerak ?!", deydi Baxrom Abduraximov.

Quyida Facebook va Odnoklassnikidagi BBC O'zbek mushtariylarining fikrlari tahrirsiz, orfografiya va uslub saqlab qolgan holda keltirilmoqda.

Jamshid Nosirov: Xech kurkmang, rus sinflaridagi ukuvchilarning 90 foizi, ukituvchilarining 80 foizi uzbek, urislashib ketmaydi

Abu Ibrokhim Qobiliy: Istalgan chet tilini akli raso Inson 6 oyda urgana oladi. Ammo yoshlikdan uruslashib tarbiya topgan bolani kayta tarbiya kilish kiyin masala.

Abdukadyr Ismailov: Kim kaysi maktab yoki bogchaga borishdan kat‘iy nazar tarbiyani yaxshilasa kelajagi buyuk, porlok, martabasi ulug buladi. Xatto undan xam kuprogiga erishadi. Eng asosiysi tarbiya muxim. Yaxshi ta‘lim tarbiya ota onadan bolaga utadi. Bekorga aytishmagan "olmani ostiga olma tushadi" deb. Bu mani fikrim, yana bilmadim!

Muzaffar Khakimov: Bunga sabab Rus maktabi yeki Uzbek maktabi emas! Eng yaxshi va foydali maktab bu oyila maktabidir , Ota va onani ilmi bolsa maktabdan yaxshi tarbiya koradi agar Ota va ona bunga besplatno parvo bolsa, nomi butun dunega mashxur bolgan oligox bolsin uni xech kanaka manfaati yuk. Maktab ukuv yurtlarni beradigan ikki varrok kogozi yaniy deplomlarini zoruriyati demasak , boshkanarsani kizigi yuk, chunki ilim oyladan boshlandi, buni isboti shu kecha kunduzdayam bor bazi oylalardi, kaysiki utayetgan umrini kadr bilib uzligini unitmagan xolda va urf odati , kelib chikishini va tarixini yaxshi bilishi uchun uz sajarasini saklab kolish uchun xarakat kilib yashab kelyabdi, albatta bunday oilalar kam. shuni eslatib ketmaksiman kimdur topish tutishi yaxshi deb oylashi mumkin! Yuk bunday emas!utra xol yeki undan pas bolishi mumkin man bilgan oilalar shunday. Manga kolsa Rus maktabiga bermagan bolardim , chunki Rus maktabi bilan oila maktabi bir biriga zid keladi, buni juda kop sinalgan Mani ukamni ugli Rus maktabiga boradi, uni ugli bilan mani uglimni urtasida fark juda katta. Mani uglim uz maxalamizdagi maktabiga borgan , farki shundaki uni ugli fikirlashi bir tomonlama bolib kolgan uzini fikrida turib oladi, ukam juda kiynalaman unga gap uktirishga diydi . Nima bolgandayam biz uzimizni uzligimizni, diynimizni, urf odatlarimizni yesh avlotga urgatishimiz kerak, chunki ota va ona farzant uchun katta va mustaxkam poy devordur, otgan olim ulomolarimizni ilim egasi bolishiga zamonaviy maktab emas oila maktabi sabab bolgan.

Azamjon Sabirov: Rus tili kerak,Ingliz tili ham kerak.Kerakli toshni og'irligi bulmaydi!!!

Ibrohim Umarov: Bolalarimiz Rus tilini bilishsa dunyo qarashlari ancha keng bo'ladi.

Kamila Bakhamova: Chunki ozbekchada okuv sust juda

Sidikov Tulkin: javobi juda oddiy.Malakali muallimlar fakat maxsuslashtirilgan maktablarda.

Profil zakryto: Xalk kayerda kuprok trikchiligini kilayapti rassiyada xammani xam uzi bumasa xam karindoshi farzandi oka ukasi rassiyada buni xechkim inkor etaolmaydi rassiyada esa rus tilini bilmasa kiynaladi buyerda nechta til biladi yeki kaysi til 1-urindayu nega bilmaysan deb ishga kabul kimaydida:Xalk kayerda kuprok trikchiligini kilayapti rassiyada xammani xam uzi bumasa xam karindoshi farzandi oka ukasi rassiyada buni xechkim inkor etaolmaydi rassiyada esa rus tilini bilmasa kiynaladi buyerda nechta til biladi yeki kaysi til 1-urindayu nega bilmaysan deb ishga kabul kimaydida

Akademik Qiwloqdan: Ozbekcha gapirsang yanglik yaratsang 30 mln odam seni ewitadi ruscha ilmiy kawfiyot qilsang 300 mln odam inglischa bilsang mlyard auditorya senga. Tabiiy fanlarni rus va inglis tilini bilmasdan kawfiyot qilib bolmaydi. Umuman biz oylayotgan narsalarni hammasini davno rivojlangan davlatlar olinlari qilib bolgan. Yaqin 10 yilda bizani talim tizimi ham evropa standartlariga otadi. Hozir bu boycha standartlar korib chiqilvotti. Til bilmasang 10 ta diplomni ham foydasi yoq

Shuhrat Tursunov: Yildan yilga rivojlanib borayotgan uzbekistonimiz bugun butun dunyo Bilan aloka kilib kelayotgani kurib turibmiz bu uz uzidan kurinib turibdiki til urganish shart ukish kerak izlanish kerak bularning xamasi davr talabi va yertangi kunimiz tarakkiyoti deb uylayman tugrimi mening uz shaxsiy fikrim???

Abdullajon Marsiyanin: Mana man russ tili maktabida ukiganman lekin uzbekman tan olaman oliy malumotli darajasiga yetolmadim bu uzimni ayibim bunda fakat uzimni ayibliman chunki miyaga yeshlikdan ilimni ukittirmaganligim uchun uki diyishgandayam gap ukmasdan uzimi bilganimi kilib yurdim!!! Lekin mana rossiyada russ tili yerdam berdi!!! Uzimning kasibdoshlarimga yurtdoshlarimga shu tilni bilganim foyda buldi, yerdamim tegdi uzimning uzbek axlimga va man bilan birga ishlaganlarga!!! Ushalarning raxmadi manga yemas ota onamga tegdi!!! Lekin tepadegi notugri sovol tukiyetgan tema admini judayam adashyapdi!!! Yesh avlodlar xamma tilni bilgani uziga foyda, bu prezidentimizi ogzaki nutki bulgan!!!

Said Saidov: mening farzandim rus maktabida ukiydi.sabablari: uzbek maktablarida avvalgidek rus tilini urganib bulmaydi.rus tili orkali boshka tillar xususan ingliz tilini urganish osonrok.oliy ukuv yurtiga kirish uzbek tilida ukiganlarga nisbatan oson yeki rfda ukish imkoniyati katta.tartib intizom va bilim berish darajasi biroz yukori

Ayni paytda u men nechoglik rus tilida erkin gaplashmay farzandlarim rus tilida ukishmasin, men uchun uzbek tili birinchi darajada.oilada uzbekcha suzlashuv va uzbek madaniyatini saklash men uchun muxim.tatarlarda bir gap bor.tatarlar-ajdodi emas avlodi tatarlardir, deyishadi.biz tsivilizatsiyaga kanchalik birikmaylik, uzligimizni unutmasligimiz darkor

Galileo Galiley: O'zim rus tilini yaxshi bilaman lekin bir narsa meni asabimga o'ynaydi. Qaysi bir kottaroq ishdagi odamni uyiga borsanggiz aynan O'zbek oilasini nazarda tutyabman. Rus tilida gaplashadida. Xayron qolaman O'zbeksan o'z tilingdan orlanasanmi? Nega endi o'zbeklar shunday qiladi? Agar Rossiyada ruslar xam oilasida o'zbek tilida gaplashganda edi buni millatlar xamdo'stligi deb atagan bo'lar edim. Millatchi emasman noto'g'ri tushunmang. Shunchaki xar bir millatning tili bu uni g'ururidir.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring