Turkiyada 11 qirg‘izistonlik qiz qo‘lga olindi

Turkiya matbuoti yozishicha, Bodrum shahrida 11 nafar qirg‘izistonlik qiz jinsiy qulchilikdan ozod etilgan. Qirg‘izistonning Istanbuldagi Bosh konsulligiga ko‘ra, qizlar o‘z ixtiyorlari bilan ishlaganlar.

Turkiyaning Heberler gazetasi 24 aprelda qizlar Bo‘drum shahrida politsiyaning maxsus amaliyoti chog‘ida ozod etilganini xabar bergan.

Jinsiy qulchilikda yurgan umumiy 13 qizning 11 nafari qirg‘izistonlik, yana ikki nafari gruzin va o‘zbekistonlik ekani aniqlangan.

Qizlar 18-25 yosh oralig‘ida bo‘lgan. Turk politsiyasi qizlarni sotish bilan daromad orttirgan odamni ham qo‘lga olib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agan.

Qirg‘izistonning Istanbuldagi konsuli Ruslan Moldaqunov, mazkur xolat yuzasidan Bo‘drum shahrining Mugla hududiy politsiyasiga so‘rovnoma yuborilganini va hozirda javob kutilayotganini ma‘lum qildi.

"Ommaviy axborot vositalaridan, 11 qirg‘izistonlik qiz jinsiy qulchilikdan ozod etildi deb eshitdik. Huquq tartibot idoralaridan boshlang‘ich ma‘lumotlarni oldik" - deydi Moldaqunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘izistonlik qizlar bu ishda majbur qilinmagan.

"Aytib o‘tish kerak bo‘lgan narsa, u qizlar ozod etilgan emas. Rasmiy ma‘lumotda, ular hammasi o‘z ixtiyori bilan jinsiy xizmat ko‘rsatib yurgan qizlar ekani aytilayapti. Politsiya o‘tkazgan maxsus amaliyotda qo‘lga olingan" – deya voqeani izohlaydi bosh konsul.

Qirg‘iziston qonunlariga muvofiq, Turkiyadagi qirg‘iz fuqarolari o‘zlarining qo‘lga olingani to‘g‘risida yozma ravishda konsulikka murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

"O‘n besh kun ichida ular deportatsiyalanib, o‘z davlatiga yuboriladi" – deydi Qirg‘izistonning Istanbuldagi bosh konsuli Ruslan Moldaqunov.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring