"Gulchehra Boboqulovaning aqli raso emas"

Image copyright RIA Novosti

Moskvadagi tibbiy tekshiruv o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani ruhiy sog‘lom emas deb topgan.

Moskva shahri Presnenskiy tuman mahkamasi 4 yoshli go‘dak o‘limida ayblanayotgan Boboqulova ishini ko‘rib chiqqan.

Boboqulovaning o‘zi mahkamaga olib kelingan.

Moskvadagi Serbskiy nomidagi institutida Gulchehra Boboqulova ustidan sud-psixiatrik ekspertizasi o‘tkazilgan.

Mutaxassislar Boboqulovaga "paranoidal shizofreniya" tashxisini qo‘yganlar va uni aqli raso emas deb topganlar.

Mahkamada Boboqulova 12 yildan buyon ruhiy shifoxona ro‘yxatida turishini aytgan.

Shu yil 29 fevralidagi qotillik butun dunyoga tarqaldi.

Gulchehra Boboqulova Moskvaning Narodnoye Opolcheniye ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida enaga bo‘lib ishlagan.

Xabarlarda aytilishicha, 29 fevralda Gulchehra Boboqulova qaramog‘ida bo‘lgan nogiron qizaloqning ota-onasi ishga, akasi maktabga ketganidan keyin, enaga to‘rt yoshli bu qizchani o‘ldiradi va boshini tanasidan judo qilib, uyga o‘t qo‘ygan.

Politsiya qo‘lida bolaning kesilgan boshni ko‘tarib olgan ayolni "Oktyabrskoye Pole" metro bekatida ushlaganida, guvohlar ayol "Alloh akbar!" deb baqirgani va o‘zini portlatish bilan tahdid qilganini aytganlar.

Qo‘lga olinganidan bir necha kun o‘tib Gulchehra Boboqulova ruhiy shifoxonaga o‘tkazilgan edi.

Presnenskiy mahkamasi 38 yoshli Boboqulovani 29 maygacha hibsda saqlash qarorini qabul qilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq