G‘urbatdagi g‘ariblar: 'O‘zbegu tojikka qiyin bo‘ldi...'

Image copyright bbcuzbek.com
Азамат билан суҳбатни BBC UZBEKнинг You Tube каналида томоша қилинг

Azamat bor-yo‘g‘i 22 yoshda. Ammo, butun boshli oilaning tashvishi yelkasida.

"Moskvada tojikistonliklarga qiyin, patentlar qimmat bo‘ldi, ish yo‘q. Umuman o‘zbegu tojikka qiyin bo‘ldi", deydi Azamat.

"Uyda qiyin ahvoldamiz, dadam betoblar. Katta o‘g‘il bo‘lib, men Moskvaga keldim. Pul topib, ukalarimni, singillarimni uyli-joyli qilishim kerak... Dadam jarrohlik amaliyotini boshlaridan kechirdilar... Qarz bo‘ldik. Qarzlarni uzishim lozim".

Azamat uylangan, u bir necha oylik kelinchagi uyda qolgan.

Uning kelajakdan umidlari katta. Muammolarini bir yoqli qilgach, shifokorlikka o‘qishni orzu qiladi.

"Kelajakda shifokor bo‘lishni juda-juda istayman... Ammo, buning uchun o‘qish kerak. Maktabni bitirgan yilimda qiyin edi. Pulimiz yo‘q edi. Rossiyaga kelishga majbur bo‘lgan edim", deydi u.

Bugun millionlab markaziy osiyoliklar Rossiyada rizq terishmoqda.

Poytaxt Moskvaning o‘zida ularning soni o‘n minglab...

Ammo, G‘arb sanktsiyalari hamda neft narxlari tushib ketgani bois Rossiyada iqtisodiy ahvol og‘irlashgan.

Bu esa, mehnat muhojirlari hayotiga ham ta‘sir etmay qo‘ymagan. Kimlar ishini yo‘qotgan, yana kimlar maoshini ololmayotganidan shikoyat qiladi.

Boshqalar vatanga qaytishdan o‘zga choralari qolmayotgani haqida so‘zlaydilar.

Gulsevar Zamon lavhasini BBC UZBEKning You Tube kanalida tomosha qilingBi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbekInstagram - BBC UZBEKTwitter - BBC UZBEKOdnoklassniki - BBC UZBEKFacebook - BBC UZBEKGoogle+BBC UZBEKYouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring