"Yana bir gumondor Tojik-Afg‘on chegarasida qo‘lga olindi"

Image copyright RIA Novosti

Rossiya rasmiylari xabar qilishlaricha, Samara viloyati politsiyasi rahbarlaridan birini oilasi a‘zolari bilan o‘ldirishda gumon qilingan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan.

"Soat 10.00 da gumonlanuvchi o‘tirgan uchoq Tojikistondan Domodedovo aeroportiga kelib qo‘ndi. Biz u qotillarni voqea joyiga olib borgan kishi deb hisoblayapmiz. Soat 3 larda qo‘lga olingan shaxs Sizranga yetkaziladi", deb aytgan Rossiya IIV Samara viloyati bo‘limi boshlig‘i Sergey Solodovnikov Interfaksga.

Bungacha uch kishi Rossiya hududida hibsga olingan edi.

Tergov qo‘mitasi qotillikda gumon qilinganlarning "Markaziy osiyolik"lar ekanini xabar qilgan edi.

Samara viloyati politsiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, to‘rtinchi gumondor qotillik sodir etilgan kuni Sizrandan poyezdga o‘tirib Moskvaga borgan.

25 aprel kuni Tojikistonga uchib ketgan.

Xabar qilinishicha, Rossiyada qotillikda gumon qilinayotgan shaxs 3 may kuni Tojikistondan Afg‘oniston hududiga o‘tishga harakat qilgan payti qo‘lga olingan.

Image copyright RIA Novosti

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Samara viloyati bo‘yicha shtabi boshlig‘i Andrey Gosht va oilasining besh a‘zosi 24 aprel kuni o‘zlari istiqomat qilgan Samara viloyatining Sizran tumani Ivashovka qishlog‘idagi uyida o‘lik holda topilgan edilar.

Tergovning dastlabki ma‘lumotlariga ko‘ra, insonlarning hammasini armatura yoki to‘qmoqqa o‘xshagan buyum bilan boshlariga urib o‘ldirganlar.

Insonlarni uxlab yotgan joylarida o‘ldirishgani, qotillar hatto bolalarga ham shafqat qilmaganlari aytilmoqda.

Faqat Andrey Goshtning jiyani bo‘lgan 2009 yili tug‘ilgan qizcha tirik qolgan.

U shifoxonaga yotqizilgan, hozir koma holatida qolmoqda.

Tergovchilarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar yonidan politsiya boshlig‘ining uyidan o‘g‘irlangan bumyular topilgan.

Jinoyatchilar talonchilik maqsadida qotillik sodir etganlar deb ko‘rilmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq