BBC muxbirlari Shimoliy Koreyadan chiqarib yuboriladi

BBC muxbiri Rupert Uingfild-Xeyz va ijodiy guruh Koreya Mehnat partiyasining s‘ezdi oldi qilgan reportajlari uchun Pxenyanda ushlanib, mamlakatdan deportatsiya qilinganlar.

Juma kuni jurnalist Rupert Uingfild-Xeyz, prodyusser Mariya Birn va operator Mettyu Godar Shimoliy Koreyadan jo‘nab ketishga hozirlangan paytlari qo‘lga olinganlar.

BBC muxbiri yetti soat davomida so‘roq qilingan.

Shundan so‘ng Shimoliy Koreya rasmiylari Xeyzni protokolga imzo chekishga majbur etganlar.

BBCning tasvirga olish guruhi shanba-yakshanba kunlari tutib turilgan, so‘ng aeroportga olib borilgan.

Xitoy poytaxti Pekinga yetib kelgan janob Birn tinch-omon qaytganlaridan xursandligi, biroq bitta ham intervyu ololmaganlarini aytgan.

Pxenyanda qolayotgan BBCning yana bir muxbiri Stiven Evansning aytishicha, britaniyalik jurnalistlarning qurultoy arafasida poytaxt hayotini yoritgani Shimoliy Koreya rahbariyatining jahlini chiqargan.

S‘ezdning ochilish kuni Pxenyandagi vaziyatni tasvirlagan Stiven Evans poytaxtda xorijiy jurnalistlar hukumatning doimiy kuzatuvida ekanini aytgandi.

Mehnat partiyasining s‘ezdi so‘nggi 40 yilda ilk bor o‘tkazilgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, anjumanni o‘tkazishdan maqsad, yosh rahbar Kim Chen Irning rahbarlik mavqe‘ini yanada mustahkamlashdir.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq