So‘z Sizga: "Shanxaydan ko‘ra,Bojxona ittifoqiga qo‘shilish kerak..."

Image caption Rahbarlar ko‘rmaydigan Toshkent

O‘zbekistondagi yagona omma so‘rovi markazi - "Ijtimoiy fikr" o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning aksariyati shu yilning 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yubiley sammitini yilning eng muhim siyosiy voqeasi deb hisoblashadi.

UzA xabar agentligining iqtibos keltirishicha, so‘ralganlarning mutlaq ko‘pchiligi (92,1 foizi) ShHTni eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan, deb hisoblashlarini aytishgan.

So‘rovdan maqsad O‘zbekistonda ShHT Davlat rahbarlari kengashining 15-yubiley majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan "keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida mamlakat aholisining fikrini o‘rganish" bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, "Toshkentning tashqi qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sizga yoqadimi?" degan savolga so‘rov qatnashchilarining qariyb 81,5 foizi ijobiy javob bergan.

"Ular poytaxtimiz qiyofasi kun sayin o‘zgarib borayotganidan mamnun", deya qayd etgan davlat xabar agentligi.

1996 yilda Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyoning uch davlati ishtirokida chegara bahslarini yechish maqsadida tuzilgan ShHT o‘tgan yigirma yil mobaynida yirik mintaqaviy tashkilotga aylangan.

BBCUZBEK Facebook va Odnoklassnikidagi mushtariylaridan ShHTning yubiley sammitiga tayyorgarliklar borasida sizning fikrlarini so‘ragan.

Mana o‘sha savollar:

Toshkentning tashqi qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sizga yoqadimi?

Sammitdan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi, deb o‘ylaysiz?

BBCUZBEK Facebook

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda –tah.)
Image copyright GAZETA.UZ
Image caption Rahbarlar ko‘radigan Toshkent...

Maloxat Eshankulova: Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyoning uch davlati ishtirokida chegara bahslarini yechish maqsadida tuzilgan ShHTning yubiley sammitiga tayyorgarliklardan eng muhim va birlamchi voqea shundan iboratki, to ShHT sammiti o‘tib olguniga qadar dollar qora bozoriga maxsus qo‘yilgan dollarfurushlarga tepadan "To o‘zga mamlakat prezidentlari kelib-ketgunlariga qadar AQSh dollarini "sindirib" turasanlar! Aytganga ko‘nmasang, onangni ko‘rasanlar!" deya po‘pisali topshiriq qilingan. Ana shu norasmiy buyruqning kasofati bilan ayni damda dollarfurushlar zo‘r-bazo‘r "ko‘kat"ning narxini tushirishga urinishmoqda. AQSh pulining o‘rma-zo‘raki tushgan narxi qora bozordagi ayni damdagi narxi:sotib olish 6400-6500 so‘mni, sotish 6300 so‘mni tashkil qilmoqda. Xabaringiz bo‘lsa, mart oyiga kelib 100 AQSh dollari 675-680 ming so‘mga sapchib ketgandi. - Bu vaqtinchalik jarayon. Davlat prezidentlari kelib-ketgach, ShHTsi o‘tgach, yana 700-750 ga sakratishga "dobro" berilgan, - deydi Farxod bozoridagi dollarfurush tanishim, - Mamlakat ichkarisida kechayotgan "dollar siyosati"dan xabari bor aqllilar bugungi kunda dollar sotmaydi, xarid qilib, tuzlab qo‘yadi. ShHTsi eson-omon o‘tib olgach, bizning, dollar bozorining yana davri keladi! Suhbatdoshim gaplari rost va yo ro‘yo ekanligini vaqt ko‘rsatadi.... Bu boshqa masala... O‘zga o‘zgarishlarga keladigan bo‘lsak, xalqning qashshoqlikdan qaqshayotganligidan o‘zga ko‘rgulikni ko‘rayotgan emasmiz....

Baxrom Abduraximov: BBC jurnalistlariga, talab emas taklif: -"ijtimoiy fikr markazi" - tushunarli qanday so‘rovnoma o‘tkazganligi, mening so‘rovim ham tor doirada, kengroq amalga oshirishga imkoniyatim tor. Shunga ko‘ra, sizlardan iltimos, shunday so‘rovnoma o‘tkazsangiz: -1. O‘zbekiston matbuotidan, to‘lqinlanib gapirayotgan, shaxarlarimiz ko‘rki va qurilish-bunyodkorliklarni og‘zidan bol tomib maqtayotganlarga : -Sizning ham uyingiz buzilib, o‘rniga siz maqtayotgan yangi qurilishlar bo‘lishini istarmidingiz ? 2. Uyi buzilib, uysiz qolgan va uyning eski tuskisini olgan, kamiga jijjagina plastik olganlarga: - Uyingiz buzilganidan va o‘rniga yangi ko‘rkam ko‘chalar va imoratlar qurilganligidan qanchalar xursandsiz, sizga berilgan kompensatsiya va yer uchastkasidan rozimisizlar ? 3. Barcha-barcha O‘zbekistonliklar: -O‘zbekistonda bo‘layotgan, qurilish obodonlashtirish ishlariga albatta gap yo‘q! Shaxarlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilmoqda, uylar chiroyli bo‘lmoqda. Ammo, ushbu ishlar jarayonida ijtimoiy adolat printsipi qay darajada, yashash turar joy xuquqi qanchalar qonunga mos yo qonunga xilof ravishda ravishda bo‘layapti? Unutmang, davlatimiz raxbari-Prezidentimiz: -"Maqsadimiz, adolatli demokratik jamiyat qurishdir" -deya oliy minbardan qat‘iy ta‘kidlab turgan bir paytda! Sizningcha, ushbu qurilish-obodonlashtirish bilan bir qatorda, adolatni o‘rnatish uchun nima qilmoqlik lozim? 4. Yana barcha-barcha O‘zbekistonliklarga: -Qo‘rqmasdan xaqiqatni, dilingizdagi so‘zlarni xaqiqat qilib aytaveringizlar. Axir O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov, 04.02.2016 yilda, xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashida: -"Bizga faqat xaqaqat va xaqiqat kerak, xaqiqatga ishongan, xaqiqatga suyangan, aslo pushaymon bo‘lmasliklarini", kafolat berdilar !!!

Farkhod Abdurakhmonov: Ijtimoiy Fikr Markazi propiska yuzasidan chiqarilgan yangi qarorlar bo‘yicha viloyatdagilarning fikrlarini so‘rov qilib ko‘rsinchi. Ko‘pchilik bu antikonstitutsiyaviy va diskriminatsion aktni ma‘qullamasada natija kamida 80 foiz tarafdor bo‘lib chiqadi. Hech qachon so‘rovlar natijalari salbiy bo‘lmagan. Avvalo men “Ijtimoiy Fikr” Markazining so‘rovlariga juda shubha bilan qarayman va buni oldingi sharhlarimda ham yozganman. Endi Toshkentning tashqi qiyofasiga kelsak, haqiqatda poytaxtning manzarasi yildan-yilga o‘zgarib bormoqda. Shuningdek, viloyatlarning markazlarida ham ancha obodongarchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni bir paytda qurilayotgan bino-inshootlarning sifati qanaqa va qurilishlar jarayonida qanday o‘g‘irliklar sodir etilmoqda, obodonlashtirish ishlari to‘laligicha byudjet mablag‘lari hisobidan bo‘lmoqdami yoki xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning mablag‘lari majburiy jalb qilinmoqdami bulardan xabardor emasman. Bunday tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishda, ya‘ni obodonlashtirish jarayonlarida fuqarolarning xususiy mol-mulklariga ziyon etish hollari ko‘pincha kuzatiladi va bu adolatdan emas. Obodongarchilik ishlari doimiy ravishda olib borilishi kerak va qandaydir tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq holda ko‘zbo‘yamachilik uchun qilinishini to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. ShHT Sammiti unga a‘zo davlatlarning hududlarida navbati bilan o‘tkazilib turiladi va bu galgi yig‘ilishning O‘zbekistonda bo‘lishidan iqtisodiy jihatdan hech qanday manfaat yo‘q deb o‘ylayman, ammo siyosiy tarafdan ahamiyatga ega bo‘ladi. Agarki, obodonlashtirish natijasida xalqqa qulayliklar yaratilsa, xalq bevosita bundan manfaat ko‘rsa albatta yaxshi.

Abror Mirzahmedov: Uzgarishlar kup buladi dulir sndiradi xitoyni kutaradi tarixga kiradi. Amerika saylovda ovora aralashmay gaflat koladi kota uzgarish buladi uzchegaralar ochilb buyuk ipak yul ochiladi

Olim Komilov: Diktatorlar Hamkorlik Tashkiloti…

Maks Iks: Menga yoqadi!

BBCUZBEK Odnoklassniki

Jahongir Karimov: Bu tashkilotdan qanday foyda bor? Faqat mansabdorlar foydalanadi...ko‘zbo‘yamachilikning nima keragi bor?

Abdugaffarov A: Demak, iyun oxirigacha Oloy bozori, Nurafshon xalqa yo‘li va Hyatt mehmonxonasi ta‘mirlash ishlari tugar ekan...

SAID SAIDOV: Toshkent xalkaro maydonda uz urniga ega shaxar.shos ichida xitoy rf va uzb vakillari doim xal kiluvchan bulishgan.shunga yarasha Toshkeni shunga munosib bulgani juda yaxshi.binokorlarga omad va ishlariga rivoj

Norbek Mamasoliev: Ularga mana sizlarning kreditlaring maxsuli deb sifatsiz kotdejlarni kursatish kerakda. Zora keyyn reviza kilsa firmalarni.

SARDOR: Bu bema‘ni ShHTga qo‘shilguncha, Bojxona ittifoqiga ko‘shilsa bo‘lardi, shuncha o‘zbekni sarson qildirmasdan...hukumatga ham yaxshi, ha deb 6 – 7 ming ish o‘rin yaratildi deb yolg‘on gapirgandan ko‘ra... Rossiyaga yo‘l ochib qo‘y, o‘zingga muammo orttirmasdan I.A. Karimov. Qachongacha it yotish, mirzo turish yashaymiz a?

Shukriya GGGG 077: Doim tirnok tagidan kir kidiraverarkansizlarda.Xamma narsa sekin-asta bulyaptiku.Kurilishlar kilinayotgani kimga zarari tegyapti.Ot arava yullar,eski uylar uz xolicha turaverish kerakmi?Oldinga karab xam yurish kerakku.Xozir yurtimizda Sobik Ittifok davridan ancha boshkacha siymolandiku.Buzilgan uylar urniga pul yoki uy berilyaptiku.Urtogimi 3 ta ugli boridi.Bu degani 3 ta joy.Uyi buzildi,pulini olishdi,2 ta ugliga kv.ra olishdi,uzlariga xovli kivolishdi.2 ta ugliga kv.kilgani kurbi yetadigan darajada yashamasidi.Uglilarimga joy kilishim kerak deb yurardi.

Islombek Tuxliyev: Gaz Bilan svet xech kachon bulmaydi. Fakat chetga sotiladi xalkka yuk. Kachon lardir balki nevaralarimizga nasib kilar

Shukriya GGGG 077: Svetga xarakat kilinyaptiku,namuncha noliysizlar-a?Xamma narsa sekin-asta bulyaptiku. Kuzlaringa parda tortvomanglar.

Sultonov Shuxrat Davlatovich: Mardikor bozorini karang ayollar xam bor erkaklar xa. Och yurgan ishsiz yurgan odamga sanat saroyi fantanga balo bormi a? Ishdan kelsang svet yuk korongi.farzandlar kayerdan dars kiladi tavba...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq