AQSh: Yana bir o‘zbekka IShID ayblovi

Image copyright Reuters
Image caption O‘zbekistonlik Abdurasul Jo‘raboyev va Abror Habibov hamda qozog‘istonlik Abror Saidahmetovlar o‘tgan yil fevralida hibsga olingan

Nyu-York mahkamasi IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan yana bir o‘zbekistonlikka nisbatan ayblov e‘lon qilgan.

AQSh Federal prokurorlariga ko‘ra, Azizjon Rahmatov "Islomiy davlat"ga moddiy yordam ko‘rsatishga uringan tarmoq"ning oltinchi a‘zosidir.

Assoshieyted press agentligining xabar berishicha, 28 yoshli Rahmatov chorshanba kuni erta soatlarda hibsga olingan va Bruklin Federal mahkamasiga olib chiqilgan.

AQSh rasmiylarining bildirishlaricha, uning ishi o‘tgan yil avgustida "IShIDga moddiy yordam berishga til biriktirish" aybiga iqror bo‘lgan o‘zbekistonlik Abdurasul Jo‘raboyevga nisbatan jinoyat ishining bir qismidir.

Prokurorlarga ko‘ra, Jo‘raboyev IShID saflarida jang qilish maqsadida Suriyaga safar qilish va AQShning o‘zida "ektremistik amallarni rejalagan".

Azizjon Rahmatov Jo‘raboyev doxil guruhning boshqa a‘zolariga Suriyaga safar qilishda moddiy yordam berishda ayblanmoqda.

Abdurasul Jo‘raboyev o‘zbek tilidagi IShIDni dastaklovchi jihodiy websaytlardan birida post qoldirishi ortidan Amerika huquq-tartibot idoralarining nazariga tushgani aytiladi.

Ayblov tomonining aytishicha, tergov jarayonida Jo‘raboyev hamda qozog‘istonlik Ahror Saidahmetovning avval Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga safar tadorigida bo‘lganliklari aniqlangan.

Saidahmetov o‘tgan yil fevralida Jon Kennedi aeroportida Turkiyaga yo‘l olgan payti hibsga olingan.

Guruhning yana uch nafar a‘zolari - Habibov, Qosimov hamda Zokirovlarga nisbatan hali ayblov e‘lon qilinmagan.

Ular ayblarni rad etishadi.

AQShda 2014 yildan buyon jami 85 kishiga nisbatan IShIDga aloqadorlik ayblari ilgari surilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring