"Xorijiy agent" qonun loyihasi ma‘qullanmadi

Jo‘g‘o‘rqu Kengashda "Nodavlat tashkilotlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar tarifdan qabul qilinmagan. Ushbu qonun loyihasiga parlament yig‘inida qatnashgan 111 deputatdan 65 nafari qarshi ovoz berishgan.

Qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida, ko‘pchilik deputatlar nodavlat tashkilotlarga nisbatan nazorat kuchayib, ularning faoliyati cheklanib, demokratiya davlatning sha‘niga dog‘ tushishini aytganlar.

"Qirg‘iziston sha‘niga katta dog‘ tushadi. Biz bu kabi qonun loyihalarini qo‘llashdan yiroq bo‘lishimiz kerak. Ko‘plagan horijiy tashkilotlar mazkur qonun loyihasi bo‘yicha havotirlar bildirishmoqda. Ular bizning rivojlanishimizga, iqtisodimizga yordam bermoqda. Qonun tashabbuskorlari Tursunboy Bakir uulu va Nurkamil Madaliyevlar bu yordamlarni o‘rnini bosa olmaydi" – degan deputat Janar Akayev.

Qirg‘iz parlamentida bu qonun loyihasi muhokama qilinishidan bir kun avval, 11 mayda Bishkekda qator faollar "Nodavlat tashkilotlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik aktsiyasini uyushtirganlar. Ular parlamentni nodavlat tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni qo‘llamaslikka chaqirgan.

Jo‘g‘o‘rqu Kengash binosi oldida yig‘ilgan faollar taklif qilinayotgan qonun loyihasi davlatdagi so‘z erkinligiga va fuqaroviy jamiyatni faollashuviga chek qo‘yadi deya, deputatlarni bu qonunni qabul qilmaslikka undaganlar.

Ular, agar mazkur qonun qabul qilinsa, Markaziy Osiyodagi "Demokratiya orolchasi" hisoblangan Qirg‘iziston o‘z obro‘sini yo‘qotishi mumkinligidan xavotir bildirganlar.

"Bir Dunyo Qirg‘iziston" inson huquqlari tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan norozilik namoyishida huquq himoyachisi O‘ndurush To‘qto‘nasirov bu kabi qonunning yashashga haqqi yo‘qligini aytgan.

Namoyish tashkilotchilardan biri "Bir Dunyo Qirg‘iziston" faol To‘leyqan Ismailovaning fikricha, nodavlat tashkilotlarning foydasi birinchi navbatda oddiy aholiga tegmoqda. Shuning uchun tayyorlanayotgan qonun loyihasi birincha navbatda odamlarning huquqlarini cheklaydi.

"Halqaro tashkilotlarning foydasini ko‘rayotganlar – bu yig‘layotgan, pulsiz qolgan onalar, armiyada och qolgan askarlar, maoshi oz militsiya xodimlari. So‘z erkinligi, jurnalistlarning maqomini, nodavlat tashkilotlar huquqlarini hech kim chegaralamasligi kerak. Deputatlar qabul qilgan taqdirda ham, bu qonunga prezidentning veto qo‘yish huquqi bor. Men prezident bu huquqidan foydalanadi deb o‘ylayman" – deydi To‘leyqan Ismailova.

Namoyish qantashuvchilari "Qonun loyihasi demokratiya davlati obro‘yini tushiradi! Kuchli davlat-so‘z erkinligi mavjud va kuchli fuqaroviy jamiyat" deb yozilgan plakatlarni ushlab turishgan.

Ushbu qonun loyihasini qo‘llagan ba‘zi deputatlar hozirgi qonun loyihasi avvalgisidan farq etishini, inson huquqlarini cheklaydi deb xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini aytadi .

"Men komitet rahbari bilan gaplashdim. U xavotir olmanglar, bu qonun loyihasidan poraxo‘rlikni oldini olish nizomlarini olib tashladik, ularning moliyaviy masalalari ochiq-oydin bo‘lsin desagina nizom qoldi deb aytdi. Men ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman. Nodavlat tashkilotlarning moliyaviy masalalari ochiq-oydin bo‘lishi kerak" – deya izohlaydi "Sotsial demokratlar" partiyasi deputati Aynura Altibayeva.

Norozilik namoyishining o‘ndan ortiq qatnashuvchilari tushdan keyin nodavlat tashkilotlari forumida qatnashib, Qirg‘izistonga ko‘mak ko‘rsatayotgan halqaro donorlarga murojaatnoma qabul qilganlar. Agar nodavlat tashkilotlarga qarshi qonun qabul qilinsa, davlat va hukumat idoralariga yirik o‘lchamdagi yordamlar ko‘rsatilishidan avval, davlatdan inson huquqlari qanchalik saqlanayotgani haqida hisobotlar talab qilishlari aytiladi.

Forumda mahalliy o‘ndan ortiq nodavlat tashkilotlari vakillari bilan birga, Ovro‘pada Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, USAID va AQShning Qirg‘izistondagi elchixonasi vakillari qatnashgan.

Fuqaroviy jamiyat faollari norozi bo‘layotgan ushbu "xorijiy agent" qonun loyihasi, avvalgi parlament deputatlari Tursunboy Bakir uulu, hamda Nurkamil Madaliyevlar tomonidan tayyorlangan. Unda, ba‘zi nodavlat tashkilotlarning faoliyati milliy havfsizlikka tahdid soladi degan sabab qilib ko‘rsatilgan. Shuning uchun, chetdan moliyalanuvchi nodavlat tashkilotlarni "agent" deya atab, ularga nazoratni kuchaytirish taklif etilgan.

Rossiyada ham bu kabi qonun qabul qilinib, ishlay boshlagani ortidan, ko‘plagan nodavlat tashkilotlar Putin hokimiyatini tanqid qilganlari uchun ta‘ziyqlarga uchrayotganliklari ma‘lum.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq