Brent neftining bahosi 48 dollardan yuqoriga ko‘tarildi

Image copyright Reuters

Jahon bozorida yaqin vaqt ichida neft taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi haqidagi bashorat birjalarda neft kotirovkalari oshishiga olib kelgan.

16 may kuni dushanba kuni ertalabki birja savdolarida Brent neftining 1 barreli 48,47 AQSh dollaridan sotib olina boshlagan.

Bu oldingi kundagi savdolardagi bahodan 64 tsent qimmat bo‘lgan.

WTI markadagi neftning narxi barreli uchun 46,81 dollarni tashkil etgan.

Neft taqchilligi haqidagi bashorat bilan Goldman Sachs shirkati chiqqan.

Goldman Sachsga ko‘ra, oxirgi paytda Nigeriyadagi neft quvurlariga bo‘lgan hujumlar hamda Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari joriy yilning ikkinchi choragidan so‘ng neft qazib chiqarishning salmoqli kamayishiga olib kelishi mumkin.

Joriy yilning ikkinchi yarmidan oylik neftga ehtiyoj 1,4 million barrelga yetishi mumkin.

Ammo 2017 yil boshidan dunyo neft bozorida xomashyo har doimgidan ham ko‘payib ketishi kutiladi deya bashorat qiladilar ekspertlar.

Buning sababi Eron va Iroqda neft qazib chiqarishning ko‘payganidir.

Ko‘p yillar davomida xalqaro sanktsiyalardan qiynalib kelgan Eron joriy yil boshidan chetga neft sotishni boshladi, OPEKka a‘zo davlatlarning kunlik neft ishlab chiqarishni o‘zaro kelishib kamaytirish chaqiriqlarini rad etib keladi.

Shuningdek, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab amirliklari va Quvaytda ham qazib olinishi uchun kam xarajat talab etiladigan neft ishlab chiqarish ko‘paygan.

Goldman Sachs tahlilchilari 2017 yilga borib jahon bozorida neft narxi ko‘tarilishini bashorat qiladilar, ularning fikricha, kelgusi yil oxiriga borib bir barrel neftning bahosi 60 dollargacha chiqishi mumkin.

Jahon neft bozoridagi so‘nggi yillardagi o‘zgarishlarga AQSh ham o‘zining neft zaxiralaridan foydalanishni boshlashi haqidagi xabarlar ham ta‘sir ko‘rsatmoqda.

Xabar qilinishicha, AQShdagi neft zaxiralari miqyosi 2016 yilning mayida 1929 yildan buyon eng ko‘p darajaga yetgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq