"Ovro‘nigoh" natijasiga qarshi petitsiya

Image copyright EPA
Image caption Jamala

"Ovro‘nigoh" (Eurovision) natijasidan norozilar imzolagan internet - petitsiya 75 ming ovoz to‘plagan.

Bu petitsiyani Yerevandan Artur Ovanesyan ochgani aytiladi.

"Biz hakamlar va tomoshabinlar tomonidan ovoz berish jarayoni mushkul, hayojonli jarayon ekanini bilamiz, ammo quyida petitsiyaga imzo chekkanlar nomidan aytishimiz mumkinki, bu yil "g‘alaba" qilgan qo‘shiqchi bunga loyiq emas", deyiladi murojaatnomada. Petitsiya chiqishi bilan Rossiya ommaviy-axborot vositalari uni obdon ko‘chirib bosishdi, targ‘ib qilishdi… Change.org sahifasidagi bu petitsiya hech qanday yuridik kuchga ega emas.

Masalan, 2015 yilda Rossiyaga noqonuniy kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qilishga doir prezident Putin qaroriga qarshi petitsiyani 150 ming kishi imzolagan edi.

Rossiya matbuoti deyarli tilga olmagan bu petitsiya 150 ming ovoz to‘plagani bilan baribir oziq-ovqatlarni namoyishkorana yo‘q qilish jarayoni davom etdi.

Ukraina xonandasi Jamalaning "Ovro‘nigoh"dagi g‘alabasi Rossiyada salbiy munosabatlarga sabab bo‘ldi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Facebook orqali bu musobaqaning "siyosiylashtirilganini" da‘vo qildi, boshqa rus siyosatchilari esa hozirgi iqtisodiy vaziyatda Ukraina "Ovro‘nigoh-2017" tabrini o‘tkaza olishiga shubha qilishdi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq