Misr uchog‘i bedarak ketdi

Image copyright AirTeamImages

Prezident Fransua Olland Parijdan Qohiraga yo‘l olgan EgyptAir uchog‘i halokatga uchraganini tasdiqlagan.

Airbus A320 Qohira vaqti bilan 02:30 da Yunoniston (Gretsiya) havo hududini tark etishi bilan yo‘qolib qolgan.

Uchoq bordidagi 66 nafar inson bo‘lgani aytiladi.

Airbus A320 O‘rta yer dengizi uzra parvoz qilayotgan va Misr havo hududiga kirishi bilan bedarak ketgan.

Misr harbiyligi uchog‘dan ogohlantiruvchi signal berilgani haqidagi xabarni rad qilgan.

Shirkatga ko‘ra, parvoz raqami MS804 bo‘lgan uchoq bordida 3 yosh bola doxil 56 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning Misr, Frantsiya, Britaniya, Iroq, Kanada, Belgiya, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Jazoyir, Sudan, Chad va Portugaliya fuqarolari bo‘lgani aytiladi.Qolgan 7 nafari ekipaj a‘zolari va 3 nafari xavfsizlik xizmatchilaridir.

Misr va Yunoniston qurolli kuchlari O‘rta yer dengizida uchoqni izlash ishlariga jalb qilinganlar.

Frantsiya ham amaliyotga yordam berish uchun qayiqlar va uchoqlar jo‘natishi mumkinligini aytgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring