Tojikistonda referendum o‘tkazilgan deb hisoblandi

Image copyright BBC Persian Dushanbe

Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi bildirishicha, konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilgan deb hisoblandi.

Tojikistonda saylov va referendum bo‘yicha Markaziy komissiya ma‘lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 12 da 2 million 933 ming 812 kishi yoki jami saylovchilarning 66 foizi ovoz berib bo‘lgan.

Referendumning dastlabki natijalari dushanba kuni e‘lon qilinadi.

Asosiy qonunga o‘zgartirishlar joriy Prezident Imomali Rahmonga cheklanmagan muddat qayta saylanishni ta‘minlaydi.

Shuningdek, prezidentga nomzodlar uchun belgilangan yoshni 35 dan 30 yoshgacha pasaytiradi.

Image copyright httpwww.president.tj

Qabul qilingan o‘zgartirishlar Prezident Rahmonning katta o‘g‘li Rustam Imomaliga 2020 yil, agar otasi hokimiyatdan ketishni istasa, o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishga imkon beradi.

Bundan tashqari, o‘zgartirish va qo‘shimchalar diniy asosdagi siyosiy partiya va birlashmalarni tashkil qilinishini taqiqlaydi.

Image copyright BBC Persian Dushanbe

1994 yil Prezident Rahmon tomonidan qabul qilingan amaldagi konstitutsiyaga binoan, Imomali Rahmon 2020 yildan keyin o‘z nomzodini saylovlarda qo‘ya olmaydi. Bungacha Tojikiston konstitutsiyasi ikki marta o‘zgartirilgan, 2010 yilgi o‘zgartirish Rahmonga 2020 yilgacha qudratga qolishga yo‘l ochgandi.

Kuzatuvchilar fikricha, navbatdagi referendum o‘tkazish qarori joriy Tojikiston hukumatini saqlab qolish va mustahkamlash istagidan kelib chiqqan. Biroq Markaziy Saylov komissiyasi bu nuqtai nazarga qo‘shilmaydi. Rasmiylarga ko‘ra, referendum "tarixiy zaruriyat" bo‘lib, "davlatchilik asoslari va demokratiya"ni mustahkamlaydi.

Tojikistonning ayni paytda xorijdagi muxolifati a‘zolari referendumni "sharmandalik va xalqni aldash" deb atab, uni boykot qilishga chaqirgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq