Suriyadagi portlashlarda o‘nlab insonlar halok bo‘lgan

Image copyright AFP

Suriya hukumat kuchlari nazorati ostidagi Jabla va Tartus shaharlarida ro‘y bergan portlashlar oqibatida kamida 78 inson halok bo‘lgan.

Suriyaning davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalari zo‘ravonliklar kamida 78 inson umriga zomin bo‘lgani haqida xabar tarqatgan.

Lekin faollar 100 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilmoqdalar.

Sohil bo‘yidagi Jabla va Tartus shaharlari Latakiya viloyatida joylashgan va bu hududlar nisbatan tinch edi.

Suriyadagi Inson huquqlari tashkiloti xabar qilishicha, kamida besh xudkush hujumchi o‘zini portlatgan, ikki avtomobil portlagan.

Tartusdagi Suriya hukumati harbiy-dengiz floti qismlaridan Rossiya ham foydalanmoqda.

Latakiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasida ham Rossiya harbiylari joylashgan.

Shahar avtovokzali yaqinida avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlagani xabar qilinmoqda, so‘ng vokzal ichida ikki xudkush hujumchi o‘zini portlatgan.

Jabla shahrida ham bir necha portlash ro‘y bergan.

Hujumlar uchun mas‘uliyatni o‘zini "Islomiy Davlat" deb atagan guruh olgan va tarqatgan bayonotida Prezident Bashar al-Assadning dastaklovchilarini nishonga olganini aytgan.

Suriya davlat televideniyesi portlashlardan keyingi manzaralar tasvirlarini namoyish etgan.

Suriya matbuoti Jabla shahrida to‘rt portlash ro‘y bergani haqida xabar tarqatgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq