Parijdagi Google ofisiga soliqchilar reyd qildi

Image copyright getty images

Frantsiya soliq idorasi xodimlari Google internet kompaniyasining Parijdagi qarorgohiga reyd o‘tkazishdi.

Xabarlarga ko‘ra, soliqdan bo‘yin tovlash holi bo‘yicha o‘tayotgan tergov doirasida 100dan ortiq soliqchilar bugun tongda Googlening Parijdagi idorasiga kirib kelganlar.

Politsiyadagi manbalar reyd bo‘lganini tasdiqlashdi, ammo Google biron sharh bilan chiqqani yo‘q.

Google Frantsiya davlatiga 1.6 milliard yevro (1.8 milliard dollar) soliqni to‘lamaganlikda ayblanadi.

Britaniyadagi kelishuv

Xalqaro kompaniyalarning soliq kelishuvlari oxirgi vaqtlarda yaqindan kuzatilmoqda.

Ularning bir nechtasi kam soliq to‘lash uchun qonuniy yo‘llardan foydalanishda ayblanganlar.

Google, misol uchun, Britaniyada qilgan savdosi uchun ham soliqni Irlandiyada to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Yanvarda Google Britaniya soliq qo‘mitasiga 2005 yildan keyingi davr uchun qo‘shimcha 130 million funt to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishdi, ammo bu kelishuv keskin tanqid ostiga olindi. Ko‘plar Google milliardlab funt qarzdor deb bilishadi.

Britaniyaning Jamoatchilik hisoblari qo‘mitasi(PAC) aytishicha, Googlening Britaniya amalga oshiradigan biznesi 130 million funtlik kelishuvga umuman mutanosib emas.

Ovro‘poning raqobat agentliklari tekshiruvlariga binoan, yirik kompaniyalar qo‘lga kiritayotgan kelishuvlar davlat tomonidan beriladigan noqonuniy yordamga teng bo‘lishi mumkin.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring