Tojik maktablarida oxirgi qo‘ng‘iroq taqiqlandi

Tojikiston maktablarida o‘quv yili tugashi munosabati bilan o‘tkaziladigan bitiruvchilarning bayrami butkul taqiqlangan.

Tojikistonda o‘quv yili 7 iyun kuni nihoyasiga yetadi va bitiruvchilarning oxirgi qo‘ng‘irog‘i "Kamolot qo‘ng‘irog‘i" deb atalib kelinayotgan edi.

So‘nggi qo‘ng‘iroq bayramlarini taqiqlash haqida Tojikiston Maorif va ilm vaziri Nuriddin Said qaror chiqargan.

"Respublikaning barcha umumta‘lim muassasalarida (mulk shaklidan qat‘i nazar) 9 va 11 sinf bitiruvchilari uchun "Kamolot qo‘ng‘irog‘i" munosabat bilan tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi", deyiladi Maorif va ilm vazirining e‘lon qilgan buyrug‘ida.

Agar vazir buyrug‘iga bo‘ysunilmasa, buning uchun viloyatlar, shaharlar va tumanlar maorif bo‘limlarining rahbarlari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari javobgar bo‘lishlari haqida ogohlantirilganlar.

Tojikistonda Sho‘ro zamonidan an‘ana bo‘lib qolgan so‘nggi qo‘ng‘iroq nomini Prezident Imomali Rahmon taklifi bilan 2012 yili "Kamolot qo‘ng‘irog‘i" (Zangi kamolot) deb o‘zgartirilgan edi.

So‘nggi to‘rt yil davomida maktablarda 7 iyun kuni tantanali lineykalar tashkiil qilingan va maktabni bitirayotganlar tabriklanib kelinayotgan edi.

Bu yil esa 7 iyun kuni tantanali tadbirlar o‘rniga oddiy darslar o‘tkaziladi.

Bir necha yil oldin qish oylarida maktablarni isitishda mushkulliklar yuzaga kelgani sababidan Tojikistonda maktab jadvallarini o‘zgartirishga qaror qilingan.

Qishda o‘quvchilarga ikki hafta emas, bir oy ta‘til berish qarori qabul qilingan.

Shu yo‘sinda mashg‘ulotlarning ancha qismi sovuq oylardan havo iligan kunlarga o‘tkazilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq