Indoneziya: bolalarga jinsiy zo‘ravonlik uchun o‘lim hukmi

Image copyright Rika Kurnia Ningsih

Indoneziya hukumati bolalarga jinsiy zo‘rlashni sodir etganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishga qaror qilgan.

Jumladan, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlarga qarshi bundan keyin o‘lim hukmi va kimyoviy axta qilish jazolari qo‘llaniladi.

Bu yaqinda Indoneziyada yuz bergan bir nechta voqealar, xususan, ommaviy jinsiy zo‘rlash va 14 yoshli qizchaning o‘limi ortidan kelib chiqqan noroziliklar manzarasida kuzatilmoqda.

Prezident Joko Vidodoning aytishicha, qonunga o‘zgartirishlar "bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklar keltirib chiqargan inqirozni yengish" maqsadida joriy etilgan.

Bundan oldin mamlakatda har qanday jinsiy zo‘ravonlik uchun eng qattiq jazo 14 yilgacha ozodlikdan mahrum etish hisoblangan.

Image copyright Getty

Shuning bilan birga, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etib qamalib chiqqanlar, ozod etilganlaridan so‘ng ham elektron soat taqib yurishlari kerak.

Sumatralik maktab o‘quvchisi Yuyunning jinsiy zo‘rlanganidan keyin o‘ldirilishi jamoatchilikda keng noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Buning orqasidan shunday mazmundagi boshqa jinoyatlar ham oshkor bo‘ldi. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida Bantendagi fabrika ishchisi 18 yoli qizning omaviy zo‘rlanishi va o‘ldirilishi xabar qilindi.

Prezidentning favqulodda farmoni chiqarilganidan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

"G‘ayriodatiy jinoyat alohida jazoga loyiq bo‘lishi kerak", deb aytgan janob Vidodo.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBE
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq