Janubiy Qirg‘izistonda sel: qurbonlar bor

Image copyright mes.kg

Mintaqadan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, halokat Qadamjoy tumanidagi O‘sh-Aydarken avtomagistral yo‘lida yuz bergan.

Ichida olti nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “Xonda CRV” rusumidagi mashina kuchli suv toshqinlari ostida qolib ketgan.

Halokat sathiga yetib borgan qutqaruv xodimlari faqat mashinada bo‘lgan 6 yashar go‘dakni qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan, xolos.

Xabarlarga ko‘ra, omon qolgan go‘dak o‘sha zahotiyoq kasalxonaga yetkazilgan.

Mashinada bo‘lganlarning kim ekanliklari, bir oila a‘zolarimi-yo‘qligi hozircha ma‘lum emas.

Ular jasadlarining o‘likxonaga olib ketilgani aytilmoqda.

So‘nggi halokatli suv toshqinlariga juma kungi surunkali yomg‘irlar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligining Qirg‘iziston Favqulodda Holatlar vazirligiga tayanib habar berishicha, mashina ichida uch yoshli go‘dak ham bo‘lgan, degan taxmindalar va hozir uni qidiruv ishlari davom etmoqda.

Ayrim xabarlardan ma‘lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston Favqulodda Holatlar bo‘yicha vaziri Qubatbek Bo‘ronovning o‘zi voqea sathiga yetib borgan.

Ayni axborot agentligiga ko‘ra, janubiy Botken viloyatining Qadamjoy tumanida yuz bergan so‘nggi tabiiy ofat natijasida yana 15 ta mashinaga ziyon yetgan.

Kelgan sel yo‘llar va odamlarning tomorqalarini ham yuvib ketgan.

Vazirlik mas‘ullarining aytishlaricha, joriy paytda xodimlari sathda va yetkazilgan zarar miqdori ham o‘rganilmoqda.

"Yomg‘irlarning davomi bor"

Mintaqadan olingan eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, aynan Botken viloyatining Qadamjoy tumaniga yana bir sel kelgan.

Natijada bir ko‘prik vayron bo‘lgani, elektr tarmog‘iga ham ziyon yetishi natijasida bir qancha qishloq chiroqsiz qolganiga oid xabarlar bor.

Qirg‘iziston Favqulodda Holatlar bo‘yicha vazirligi, o‘z o‘rnida, mamlakat janubida yomg‘irlarning yana bir necha kun davom etishi, yangi suv toshqinlari, ko‘chkilar va daryo suvi sathining ko‘tarilishi xavfidan ham ogohlantirgan.

Qirg‘izistonning tog‘li janubiy mintaqalari har yil bahor mavsumida bu kabi halokatli suv toshqinlari va ko‘chkilarga sahna bo‘lib keladi.

Qadamjoy – Botken viloyati Qadamjoy tumanining ma‘muriy markazi sanaladi.

1941 yilda unga posyolok maqomi berilib, Frunze, deb nomlangan.

Sho‘rolar Ittifoqi qulashi ortidan nomi Qadamjoyga o‘zgartirilgan.

2012 yilning sentyabr oyida esa, shahar maqomini olgan.

Qadamjoy aholisining soni hozir 15000 dan ortishi aytiladi.

Mintaqa

Yaqinda Tojikistonning shimoliy So‘g‘d viloyati ham halokatli suv toshqinlariga sahna bo‘lgan.

Tabiiy ofat bu yerda uch kishining umriga zomin bo‘lganiga oid xabarlar olingandi.

Dastlabki hisob-kitoblar esa, bu sellar yetkazgan zarar miqdori yuz minglab AKSh dollari miqdorida bӯlishi mumkinligini ko‘rsatgandi.

Ofatdan zararlanganlarga moddiy yordam kӯrsatish choralari kӯrilayotgani, uysiz qolganlar vaqtinchalik boshpanalar bilan ta‘minlanayotgani aytilgandi.

So‘nggi seloblar ortidan, So‘g‘d viloyatida amal qilayotgan maxsus shtab boshchiligida shamol, jala, sel, kӯchki yetkazgan oqibatlarni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Bu ishlarga favqulodda holatlar va fuqaro mudofaasi bӯlimi xodimlaridan tashqari harbiy qism askarlari, oddiy fuqarolar ham jalb etilgani xabar berilgandi.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondonbbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.

Bu mavzuda batafsilroq