Oqto‘be otishmasi: 17 kishi halok bo‘lgan, 22 yarador

Image copyright Youtube

Qozog‘iston g‘arbidagi Oqto‘be shahrida, mamlakat IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, yana besh hujumchi halok bo‘lgan. Umumiy hisobda, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 17 kishi halok bo‘lgan va 22 kishi yaralangan.

Bugun hibsga olingan besh kishining shaxsiyati aniqlangan, biroq ismlari e‘lon qilinmayapti.

Shaharda aksilterror amaliyot tartibi joriy etilgan.

Bundan oldin Qozog‘iston IIV matbuot xizmati BBCga bergan xabariga ko‘ra, Oqto‘be shahridagi harbiy bo‘linmaga hujum natijasida olti inson halok bo‘lgan yana 10 kishi yaralangandi.

Kuni kecha tarqatilgan ma‘lumotlarga binoan, mahalliy vaqt bilan 14.45da Oqto‘be viloyati politsiya bo‘limiga ko‘ra, "Pallada" qurol do‘koniga hujum bo‘ldi.

Hujum natijasida do‘kon sotuvchisi halok bo‘lgan, bir kishi jarohat olgan. Bir soat o‘tib yana boshqa bir harbiy bo‘linmaga hujum qilingani aytildi.

"Harbiy bo‘linmaga hujum orqasidan bir zobit va shartnomadagi harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafar askar yarador etilgan", - deydi IIV matbuot kotibi Almas Sadubayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar radikal oqim a‘zolari ekanliklari taxmin qilinmoqda. Hujumchilarning ba‘zilari otishma chog‘i o‘ldirilgan.

Ayni vaqtda Oqto‘beda favqulodda joriy etilgan, savdo markazlari va yirik do‘konlar yopilgan, barcha ko‘ngilochar tadbirlar man qilingan, jamoat transporti harakati to‘xtatilgan.

"Bir necha jinoyatchilarni qo‘lga olishga harakat qilinmoqda, ba‘zilari yashirinishga ulgurishgan. Ularni ushlash amaliyotlari ketmoqda", - deb aytdi Sadubayev.

Politsiya odamlardan ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda. Xabar qilinishicha, shaharda internetga cheklovlar kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hujum lavhalari aks etgan o‘nlab surat va videolar paydo bo‘lgan, ammo rasmiylar ularning ba‘zilari soxta ekanini aytmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring