Turkmanlar tekin gaz, elektr va suvsiz qoladimi?

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat aholisiga beriladigan ijtimoiy imtiyozlarning bosqichma-bosqich bekor qilinishiga chaqirdi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Turkmanistonda aholi gaz, elektr quvvati va suvdan cheksiz va bepul foydalanadi.

Yilning ilk besh oyi natijalariga bag‘ishlangan majlisda gapira turib janob Berdimuhammedov aholi turmushini yengillashtirish yo‘lida mustaqillikning ilk yillarida qabul qilingan qonunlarning asta-asta o‘zgartirishni boshlash kerakligini urg‘uladi.

"Bugungi kunda xalqimizning turmush darajasi juda yuqori, bu imtiyozlar esa bozor iqtisodiga o‘tish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diryapti", - deb aytdi prezident.

Turkmaniston rahbari qachon bu imtiyozlar bekor qilinishiga aniqlik kiritmadi.

Mustaqil Turkmanistonning ilk prezidenti - Saparmurat Niyozov "Turkmanboshi" oylar, ko‘chalar, shaharlar va inshootlar nomini o‘zi va ota-onasi ismiga o‘zgartirish bilan birga turkman xalqi ko‘plab xizmatlardan bepul foydalanishini ta‘minlagandi.

Berdimuhammedov janoblari o‘tgan aprel oyida ham ko‘plab kommunal imtiyozlar o‘zlarini oqlamayotganini aytgan.

"Bu omil qo‘shimcha byudjet zahiralarining sarflanishiga yetaklamoqda", - degan edi u.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring