Klinton "prezidentlikka nomzodlikni kafolatladi"

Image copyright epa
Image caption Klinton xonim ilk ayol nomzod bo‘lish hayajonini ko‘rsatayotgani yo‘q

AQSh prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodligiga da‘vogarlardan bo‘lgan Hillari Klintonning prezidentlikka nomzodlik uchun zarur delegatlar sonini kafolatlagani xabar qilinmoqda.

Associated Press xabar agetligi o‘tkazgan sanoq ana shunday natijani ko‘rsatgan.

Unga muvofiq, Hillari Klintonni 2383 vakil dastaklaydi.

Shu tariqa Klinton xonim birinchi marta butun boshli partiyaning prezidentlikka nomzodi bo‘lishi mumkin.

Biroq raqibi Berni Sandersga ko‘ra, Klinton nomzodlikni qo‘lga kiritmagan.

Image copyright Getty
Image caption Sanders Klintonni nomzod deb e‘lon qilishga hali erta ekanini aytmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, Klinton xonim iyul oyidan oldin nomzodlik huquqini qo‘lga kiritishi imkonsiz va buning uchun o‘z qarashlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan "super delegatlar"ning dastaklariga erishishi kerak.

Associated Press ning xabarini sharhlagan Klinton xonim "Misli ko‘rilmagan tarixiy bir voqeaning bo‘sag‘asidamiz, ammo hali ko‘p ishlashimiz kerak", deb aytgan.

Kaliforniyada gapirgan Hillari Klinton "oldimizda oltita saylov bor va har bir ovoz uchun kurashamiz, ayniqsa bu yerda, Kaliforniyada", - deb aytgan.

BBC muxbiri Ketti Keyning aytishicha, Klinton xonim ilk ayol nomzod bo‘lishning hayajonini namoyish etayotgani yo‘q.

Sababi uning siyosatda yangi emasligida, deydi muxbirimiz.

Respublikachilar partiyasidan nomzodlikni allaqachon kafolatlagan Donald Tramp ham Kaliforniyada qator uchrashuvlar o‘tkazgan.

Image copyright Getty
Image caption Donald Tramp allaqachon respublikachilardan prezidentlikka nomzodlikni kafolatlagan
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring