"Oqto‘be hodisalariga javobgarlar qattiq jazolansin"

Image copyright 24KZ
Image caption Hozirda mintaqada "aksil-terror" amaliyotlari olib borilmoqda

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Vladimir Jumakanov bilan uchrashib, Oqto‘be hodisalarini muhokama qilgan.

Prezident Nazarboyev ilk bor hodisalar borasida gapirgan va maxsus xizmatlarga mintaqada amalga oshirilgan teraktlarda ishtirok etgan shaxslarning kimligi ma‘lum ekanini aytgan.

"Jinoyatchilarning har birini tutish zarur... Javobgarlar barchasi qattiq jazolanishi kerak", deb urg‘ulagan u.

Janob Nazarboyev Oqto‘be viloyatida 5 iyun kuni sodir etilgan hujumlaridan biri televizion orqali chiqish qilmagandi.

Ayni paytda chorshanba kuni ertalab Qozog‘iston shimoli-g‘arbidagi Oqto‘bedagi bolalar yozgi lagerlardan biri qo‘riqchilariga qurolli hujum amalga oshirilgani xabar qilinadi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Vladimir Jumakanovning aytishicha, qo‘riqchilarga avtomobildan o‘q uzilgan.

"Bugun Oqto‘be vaqti bilan 8:06 da oq rangli Lada rusumli avtomobildan bolalar lageri qo‘riqchilari o‘qotar qurol bilan nishonga olindi", deb aytgan Jumakanov.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi bu haqda Prezident Nursulton Nazarboyev uchrashuvi chog‘i gapirgan. Ammo, talofatlar haqida ma‘lumot bermagan.

Rasmiy mazkur hodisaning 5 iyun kungi hujumlarga aloqasi bormi yo‘qligiga ham izoh bermaydi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi esa, yozgi lagerda otishma bo‘lgani haqidagi xabarni tasdiqlanmagan.

"Ichki ishlar bo‘limlari Oqto‘be mintaqasidagi bolalar yozgi lagerlardan birida o‘qotar qurol vositasida otishma bo‘lgani haqida ma‘lumot olishdi va tekshirishdi. Ammo, bu ma‘lumot tasdiqlanmadi", deb aytgan Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbot kotibi Almas Sadubayev.

Yakshanba kuni bir guruh noma‘lum qurolli shaxslar Oqto‘bedagi ikki qurol-yarog‘ do‘koni va harbiy bo‘limga hujum qilishgandi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Oqto‘beda 19 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hodisalarda "diniy radikallar"ni ayblagan, ammo rasmiylar biron bir guruhning nomini atashmagan.

Vazirlik voqealarni "terrorchilik amali" deb tasvirlagan.

Hozirda mintaqada "aksil-terror" amaliyotlari olib borilmoqda. Qator odamlar hamon qidiruvda, gumondorlarning ism-shariflari e‘lon qilingan, biroq hali ularni ushlashga muvaffaq bo‘linmagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq