Obama Muhammad Alining janozasida qatnashmaydi

Image copyright AP
Image caption Muhammad Ali o‘tgan juma Arizonadagi shifoxonada 74 yoshida olamdan o‘tgan

AQSh Prezidenti Barak Obamaning afsonaviy bokschi Muhammad Alining juma kuni o‘tadigan janozasiga qatnashmasligi bildirildi.

Oq Uyning aytishicha, Barak va Mishel Obama litseyni bitirgan qizlari Maliyaning bitiruv kechasida ishtirok etishadi.

Obamaning o‘rniga Muhammad Alining eski do‘stlaridan bo‘lgan Oq Uy mulozimi Valeriye Janett janoza marosimida AQSh prezidentining maktubini marhumning oila-a‘zolariga yetkazadi.

Muhammad Ali oilasining voizi Bob Gannell Prezident Obama marhumning rafiqasi Lonni bilan telefon orqali so‘zlashganini bildirdi.

Obama avvalroq Muhammad Aliga tegishli bir juft charm qo‘lqopni Oq Uyda saqlashini aytgan edi.

Muhammad Ali Obamaning 2009 yildagi prezidentlikka qasamyod marosimida ishtirok etgan.

Image copyright AP
Image caption Prezident Erdo‘g‘on Muhammad Alining janoza marosimida qatnashadi

Muhammad Alining Kentukki-Luisvilldagi janoza marosimida minglab odamlarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Muhammad Ali o‘tgan juma Arizonadagi shifoxonada 74 yoshida olamdan o‘tgan edi.

Janoza marosimida qatnashadiganlar orasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Iordaniya Qiroli Abdulloh ham bor.

AQShning sobiq prezidenti Billi Klintonning janoza marosimida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring