Euro 2016 va O‘zbekiston: Yulduzlar ishqibozlik qilganda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shunday qilib, yana sanoqli soatlardan so‘ng butun dunyo bo‘ylab futbol muxlislari to‘rt yil intizorlik bilan kutgan futbol bo‘yicha Ovro‘po chempionati start oladi.

Qit‘aning 24 milliy terma jamoasi bir oy davomida Frantsiyaning o‘nta turli stadionida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Ovro‘po chempionatini mezbon Frantsiya 10 iyun kuni Ruminiyaga qarshi o‘yini bilan boshlab beradi.

Image copyright uznet.biz
Image caption O‘zbekiston Xalq artisti Afzal Rafiqov

Yangi Ovro‘po chempionini aniqlab beruvchi final uchrashuvi esa, 10 iyul kuni poytaxt Parijning "Stade de France" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ikki karra Ovro‘po chempioni va amaldagi kubok sohibi Ispaniya esa, o‘z maqomini tutib qolish istagida.

Ammo uch karra Ovro‘po chempioni Olmoniya, jahonning ikkita eng kuchli milliy terma jamoasidan biri bo‘lmish Belgiya, yana mezbon Frantsiya...ham bo‘sh kelishmoqchi emas.

Bu yilgi Ovro‘po chempionati ham O‘zbekistonda katta qiziqishga sabab bo‘lgan, shu kunlarda futbolga ixtisoslashgan barcha internet nashrlari va ommaviy-axborot vositalarining bosh mavzusiga aylangan.

Xuddi shu manzarada Ovro‘po chempionligi uchun kurashini boshlajayak sevimli milliy terma jamoalariga jon dillari bilan ishqibozlik qilmoqchi bo‘layotgan taniqli shaxsiyatlar ham ozmuncha emas.

O‘zbekiston Xalq artisti, taniqli san‘atkor Afzal Rafiqov ashaddiy futbol ishqibozi bo‘lgan suhbatdoshlarimizning birinchisi bo‘ladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring