Shanxay sammiti oldi Toshkentga kirish to‘xtatiladi

23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tishi kutilayotgan ShHT sammiti oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

"Novosti Uzbekistana" saytiga ko‘ra, fuqarolarning poytaxtga kirishlari 16 iyundan boshlab vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ushbu choralar xalqaro uchrashuvlarni oliy darajada o‘tkazish maqsadida xavfsizlikni ta‘minlovchi xizmatlar tomonidan qaror qilingani bildirilgan.

Aytilishicha, shaharga kirishni cheklash barcha turdagi avtomobillar va temir yo‘l transportiga, shuningdek, ba‘zi aviaxizmatlarga ham taluqli bo‘ladi.

Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammitiga tashrif buyurgan davlat rahbarlari jo‘nab ketgach, Toshkentga kirish normal tartibiga o‘tshi aytilgan.

Shuningdek, ko‘p tashkilotlar ishchilariga ta‘tilga chiqish imkonini bergan. Toshkentga shahar tashqarisidan qatnab ishlovchi xodimlar bu vaqt mobaynida uyda bo‘lishlariga ruxsat etilgan.

Avvalroq Toshkentda ShHTning uchrashuvi arafasida ko‘cha va yo‘llarda jadal ta‘mirlash ishlari ketayotgani xabar qilingandi.

"Prezident trassasi"ga yaqin ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga deraza oynalarini ochmaslik, kir osmaslik, devordagi antennalarni olib qo‘yish ko‘rsatmasi berilgan.

Oloy bozori, Mirobod bozori qayta buzilib, qurilgan. Nurafshon xalqa yo‘li va Hyatt mehmonxonasi qurilish ishlari tugatilishi haqida matbuotda yozilgan. Tramvay yo‘llari shahar husnini buzib turgani uchun olib tashlangan. Uning o‘rniga vaqti bilan qulay metrobuslar qo‘yilishi aytilgan. Bir necha kun oldin Kadisheva bozoridagi qator rastalar ko‘chirilgani haqida xabar va suratlar internetda tarqalgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, anjuman ishtirokchilari tashrif buyuradigan jamoat joylari zudlikda qaytadan ta‘mirlashga buyurilgan.

Ba‘zi toshkentliklar ijtimoiy tarmoqlarda "sammitga keladigan rahbarlar bizning ham ko‘chamizdan o‘tsin, zora o‘ydim-chuqur yo‘llar tuzalib qolarmidi", kabi kinoyali izohlar qoldirishgan.

Bi-bi-si gaplashgan toshkentlikning aytishicha, ayni paytda shahar ichida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, gavjum joylarga, shaharga kirishda odamlarni va mashinalarni tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. Oliy o‘quv yurti talabalari muddatidan oldin imtihonlarni topshirib, uylariga ruxsat berilganlar.

1996 yilda tuzilgan Shanxay tashkilotiga Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyoning Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari a‘zo.

ShHT Sammiti unga a‘zo davlatlarning hududlarida navbati bilan o‘tkazilib turiladi va bu galgi yig‘ilishning O‘zbekistonda o‘tkazilishi kuzatuvchilar fikricha, har galgidek iqtisodiy taraflama bo‘lmasada, siyosiy tarafdan ahamiyatli bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston oxirgi paytlarda yon qo‘shnilari bilan yuzaga kelgan muammolarga aniqlik kiritib olishi, o‘z talablarini ilgari surishi imkoni bor.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • •TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • •Instagram - BBC UZBEK
  • •Twitter - BBC UZBEK
  • •Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • •Facebook - BBC UZBEK
  • •Google+BBC UZBEK
  • •YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • •Skype - uzbekbbclondon
  • •bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq