Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Euro 2016: Nasiba Abdullayeva kimga ishqibozlik qilmoqchi?

Image caption Таниқли хонанда Насиба Абдуллаева

O‘zbekiston Xalq artisti, taniqli xonanda Nasiba Abdullayevaning aytishicha, futbol bo‘yicha Ovro‘po chempionati davomida oila bo‘lib Angliya milliy terma jamoasiga ishqibozlik qilishmoqchi.

Angliya esa, chempionat doirasidagi ilk uchrashuvini bugun Rossiyaga qarshi o‘tkazadi.

Bu - Angliya milliy terma jamoasining o‘z tarixida to‘qqizinchi bor Ovro‘po chempionligi uchun kurashi bo‘ladi.

Ikki raqib milliy terma jamoa o‘rtasidagi uchrashuv Marseldagi "Velodrom" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Image copyright AFP

Allaqachon muxlislari o‘rtasida qator zo‘ravon to‘qnashuvlarga sabab bo‘lib ulgurgan o‘yin britan vaqti bilan kechki soat 20:00 da boshlanadi.

Albaniya va Shveysariya o‘rtasidagi bugunning ilk uchrashuvi esa, allaqachon poyoniga yetib bo‘ldi.

Unda 0:1 hisobi bilan shveysariyaliklarning qo‘llari baland keldi.

Bugun Uels va Slovakiya ham bir-birlariga qarshi to‘p surishadi.

Futbol bo‘yicha bu yilgi Ovro‘po birinchiligi kecha juma kuni Parijda ochilgan.

Image copyright AFP

Chempionatning ilk uchrashuvi mezbon Fransiyaning Ruminiya ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgandi.

Mezbon Fransiya Prezidenti Fransua Olland bugun qit’a birinchiligining silliq boshlanganidan o‘z mamnuniyatlarini izhor etgan.

Bu yilgi Ovro‘po chempionati xavfsizlik, yomon ob-havo va ommaviy noroziliklar bilan bog‘liq jiddiy xavotirlar manzarasida boshlangan.

Ispaniya ketma-ket uchinchi bor Ovro‘po chempionligiga ko‘z tikkan bo‘lsa, boshqa tomondan, amaldagi jahon chempioni Olmoniya va mezbon Fransiya ham bo‘sh kelishmoqchi emas.

Bu yilgi Ovro‘po chempionati ham O‘zbekistonda katta qiziqishga sabab bo‘lgan, shu kunlarda futbolga ixtisoslashgan barcha internet nashrlari va ommaviy-axborot vositalarining bosh mavzusiga aylangan.

Image copyright Getty

Xuddi shu manzarada Ovro‘po chempionligi uchun kurashini boshlajayak sevimli milliy terma jamoalariga jon dillari bilan ishqibozlik qilmoqchi bo‘layotgan taniqli shaxsiyatlar ham ozmuncha emas.

Angliya milliy terma jamoasini yangi Ovro‘po chempioni sifatida ko‘rish istagini izhor etgan suhbatdoshimiz - yulduz xonanda Nasiba Abdullayeva ashaddiy futbol ishqibozi bo‘lgan suhbatdoshlarimizning birinchisi bo‘ladi.

Agar, Nasiba Abdullayeva nega 24 ta ishtirokchi milliy terma jamoa orasidan aynan Angliyaga ishqibozlik qilmoqchi bo‘layotganiga qiziqib qolgan bo‘lsangiz, xonanda bilan suhbatimizni nazardan qochirmang.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondonbbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.