Ramazonda musulmon futbolchi bo‘lish qanchalik qiyin?

Ovro‘po chempionati davom etmoqda. Ramazon oyi ham boshlangan. Voyaga yetgan har bir musulmon, jumladan erkaklar bu oyda ro‘za tutishlari lozim bo‘ladi.

Bu yilgi musobaqalarning Pol Pogba, Yemre Jon, Sami Xedira va Mesut O‘zil doxil ko‘pgina yirik o‘yinchilari, Turkiya milliy jamoasinining bir necha o‘yinchisini hisobga olmaganda aksariyati musulmon diniga e‘tiqod qiladilar.

Bu qandaydir muammolarni keltirib chiqarishi mumkinmi?

Siz bir vaqtning o‘zida qanday qilib ham futbol, ham e‘tiqodni boshqarasiz? Ishqibozlarning, rahbarlarning yoki jamoa xodimlarining e‘tiqodlari bilan qarama-qarshilikka borgan holatlar bo‘lganmi?

Image copyright Getty

Quyoshning chiqishi va botishi orasidagi vaqtni e‘tiborga olganda, bu yil Ramazonda ro‘za tutish oson bo‘lmaydi. Shu boisdan bir qancha musulmon o‘yinchilar ro‘zada tanaffus olish qarorini berganlar. Jumladan, Mesut O‘zil ro‘zani boshqa vaqtga tutib berishni e‘lon qildi.

Natan Ellington premьer liganing sobiq o‘yinchisi hisoblanadi. U islomni yoshligida qabul qilgan va ro‘za tutib o‘ynagan vaqtlari tajribasida bo‘lgan.

Ba‘zi futbolchilar esa musobaqalar vaqtida ro‘za tutmaslikni ma‘qul ko‘rishadi. Buning tartibi qanday bo‘ladi?

Har bir sog‘lom, ulg‘aygan musulmon ro‘za tutishi shart, agar sayohat qilsangiz yoki sog‘ligingiz bo‘lmasa, uni boshqa vaqtda tutib berishni tanlashingiz mumkin.

Qachon bu Ovro‘poga to‘g‘ri kelganda, ko‘p muammo tug‘dirmaydi, chunki hamma sayohat qiladi. Agar futbolchi o‘ynayotganda ro‘za tutmaslikka qaror bersa, yil bo‘yi uni tutib berish imkoni bor.

Agar futbolchi ro‘zani orqaga sursa, musulmon jamoa a‘zolari buni tanqid qilishadimi?

Qachonki futbolchi vatanida bo‘lsa, bu unga muammo tug‘dirishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, u sayohat qilmayapti, shuning uchun ro‘zani orqaga surishga asos yo‘q.

O‘yinlar oldi ro‘za tutmaslik bo‘yicha klub menejerlari yoki boshqa rahbarlar tomonidan bosimlar bo‘ladimi?

Ha menda bo‘lgan. Menejerim ro‘za tutsam, o‘ynamasligimni aytishgan. Bu mening tezligim, diqqatimni jamlash, raqibga munosabat bildirishimga ta‘sir qiladi, degan.

Shunday vaqtlar bo‘lgan, men ro‘za tutganman, lekin jamoadagilar sezmagan. Men ularga o‘zim aytganman. Yunonistonda o‘ynaganimda bir jamoadoshim hatto hazillashgan, yaxshi o‘ynashing uchun sen har doim ro‘za tutishing kerak ekan, deb. Ro‘za diqqatni jamlashga, o‘ylashga ta‘sir ko‘rsatishi, uni sekinlashtirishi mumkin. Menda bu bilan muammo bo‘lmagan. Lekin ba‘zilarda bo‘ladi. Shuning uchun bosh aylanishi yoki holsizlikni sezsa, yaxshisi ro‘za tutmagani ma‘qul o‘yin paytida.

Ro‘za payti menejer sizni o‘yinga qo‘shmasligi adolatdanmi?

Image copyright EPA
Image caption Сами Хедира

To‘g‘risini aytganda, bu mening holatimda adolatli bo‘lardi, deb ayta olmayman. Men aytganimdek, ro‘za tutganimni hech kim bilmagan va sezmagan ham. Men jamoamga o‘zim aytganman.

Biroq menejerni bunday holatlarda tushunaman. Ular ro‘za o‘yinchining harakatiga ta‘sir qiladi, dleb o‘ylashlari tabiiy. Buning uchun ularni ayblab bo‘lmaydi. Lekin menejer ochlikning ta‘siri hammada bir xil bo‘ladi deb tushunmasligi, har bir o‘yinchi turli vaziyatdan turlicha chiqib ketishini e‘tibordan qochirmasligi lozim.

Siz ro‘za paytida qanday uddalaysiz?

Men sekin parchalanadigan ovqatlarni ertalab yopish payti yeyishga harakat qilaman. Misol uchun, bo‘tqa, banan va boshqa narsalar, ko‘p suyuqlik ichaman. O‘yindan keyin o‘zinggga kelib olish, energiya yig‘ishga biroz ko‘p vaqt ketadi. Men o‘yindan keyin uyga borib uxlayman, keyin ovqatlanaman.

Bu yil ro‘za vaqtining uzoq cho‘zilishi qo‘shimcha muammomi?

Ha, bu yil kun botishi juda uzoq vaqt talab qiladi va ro‘za tutish ancha murakkab.

O‘yinchilar uyqularini tartibga solib olishlari kerak. Taxminan 3.15 da og‘izlarini yopishadi va 21.30 gacha ovqatlanishmaydi. Bu juda qiyin bo‘ladi.

Agar kechqurun juda kech ovqatlanilsa, uyqu va sog‘liqqa foydali bo‘ladimi?

Men o‘ylayman, biz ovqatlangandan keyin darrov uxlamaymiz. Namoz o‘qiymiz kechki vaqtda. Bu uyquning belgilangan tartibini o‘zgartiradi. Siz har xil vaqtda dam olishga o‘zingizni ishontirishingiz kerak.

Musulmon bo‘lganingiz sizning karьerangizga ta‘sir qildimi?

Ha. Men Islomni qabul qilganimda karьeramning cho‘qqisida, 23 yoshda edim.

9/11 hodisasi esa nisbatan yaqinda bo‘ldi. Qandaydir ma‘noda musulmon bo‘lish uchun yaxshi vaqt bo‘lmadi deyish mumkin.

Men ishonaman, islomni qabul qilganim mening karьeramda qiynoqlarda rol o‘ynagan. Men hech qachon jarohat olmaganman va har mavsumda eng zo‘r hujumchi bo‘lganman, qachonki musulmon bo‘lganimdan so‘ng, mening o‘yinlarim doimiy bo‘lmadi, ko‘pincha domino effektini his qilaman.

Bu oson emas. Agar muammolar haqida gapirilmasa, buni boshqarish qiyin. Men futbol o‘ynaganimda musulmon futbolchilarni bilardim, ular ba‘zida o‘z e‘tiqodlarini yashirishardi. Bir o‘yinchini bilaman, u o‘zini musulmonligini bilmasliklari uchun halol go‘shtni ham talab qilmasdi. U yosh edi. O‘zini tutib olgan o‘yinchilar uchun hammasi boshqacha bo‘ladi.

Aynan shuning uchun biz Musulmon futbolchilar assotsiatsiyasini tuzdik. Biz odamlarni birlashtirish, dinimizni tushunishlariga yordam berishni maqsad qilganmiz. Biz bir vaqtning o‘zida o‘zimizning e‘tiqodimizni davom ettirgan holda, muvaffaqiyatli futbolchi bo‘lish mumkinligini ko‘rsatishni xohlaymiz.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • ◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • ◾Instagram - BBC UZBEK
  • ◾Twitter - BBC UZBEK
  • ◾Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • ◾Facebook - BBC UZBEK
  • ◾Google+BBC UZBEK
  • ◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • ◾Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring