Tojikistonda sobiq vazirning himoyachisi vafot etdi

Tojikistonda sobiq energetika vaziri va taniqli biznesmen Zayd Saidovning uch himoyachisidan biri - Ishoq Tabarov 60 yoshda olamdan o‘tdi.

Ishoq Tabarov bir necha kun oldin shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar unga aniq tashxis qo‘yishga muvaffaq bo‘lishmagan.

Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u so‘nggi paytlar nafas bo‘g‘ilishidan aziyat chekkan.

Oldinroq, Ishoq Tabarovning ikki o‘g‘li ommani konstitutsion tuzimni o‘zgartirishga chaqirish va o‘z saflariga odam yollash kabi ayblovlari bilan uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Advokat o‘g‘illarining hibs qilinishi o‘z kasbiy faoliyati va qisman sobiq siyosatchi Zayd Saidovni himoya qilgani bilan bog‘liq ekani va hukumat bu bilan undan o‘ch olganini aytgandi.

Zayd Saidovning yana ikki himoyachisi Shuhrat Qudratov i Faxriddin Zokirovlar turli jinoyatlarda ayblanib qamoqqa tashlangan.

Image copyright BBC World Service
Image caption Zayd Saidov 29 yilga ozodlikdan mahrum etilgan

O‘tgan yil siyosatchi va biznesmen Zayd Saidov jinsiy zo‘rlash, ko‘p xotinlik, poraxo‘rlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor topilib, 29 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Saidovning ustidan kechgan jarayon so‘nggi yillar mamlakatda eng ko‘p aks-sado bergan mahkama ishi bo‘ldi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq