Abdulloh Buxoriy qotillariga hukm o‘qildi

Image caption 38 yoshli andijonlik imom 2014 yil 10 dekabrida Istanbulning Zaytunburni mavzesida otib ketilgandi

Istanbuldagi mahkama o‘zbekistonlik imom Abdulloh Buxoriyni o‘ldirishda ayblangan ikki shaxs ustidan hukm chiqargan.

Istanbulning Baqirko‘y tuman jinoyat ishlari bo‘yicha mahkamasi Sobir Shukurov hamda Eldar Aslonni oldindan rejalagan holda odam o‘ldirishda aybdor topgan va ularning har biriga 30 yildan qamoq jazosi tayinlagan. Rossiya fuqarosi Sobir Shukurov qotillik tashkilotchisi ekani, Toshkentda tug‘ilgan Turkiya fuqarosi Eldar Aslo esa, qatlni ijro qilgani aytilgandi.

Asl ismi Mirzag‘olib Hamidov bo‘lgan 38 yoshli andijonlik imom 2014 yil 10 dekabrida Istanbulning Zaytunburni mavzesida otib ketilgandi.

Qotillikdan ko‘p o‘tmay, ikki shaxs turk politsiyasi o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida Anqara va Antaliyada qo‘lga olingan.

Yaqinlari va himoyachisi qotillik ortida Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari turganini iddao qilishadi.

Shu bois, himoya tomoni mahkamadan siyosiy buyurtmachilarni topishni so‘ragan.

Ammo, himoyachi Umar Yuzgulning BBCga aytishicha, sudlanganlarga siyosiy ayblov qo‘yilmagan.

"Jinoyat ortida o‘zbek maxsus xizmatlarimi yoki Rossiya maxsus xizmatlari turibdimi, biz mahkamadan buni tekshirishni so‘ragandik", deydi himoyachi Umar Yuzgul.

Turkiya qonunlariga ko‘ra, mahkama qarori Anqaradagi Oliy Mahkamaga tasdiqlash uchun yuboriladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq