Xitoy rahbari O‘zbekistonda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

(Xitoy davlat televideniyesi tasvirlari)

Xitoy rahbari Si Tszinpin qadimiy Buxoro shahriga safar qilgan.

Prezident va rafiqasini Buxoro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari Prezident Si Tszinpinning safarini keng yoritgan.

Davlat nazoratidagi "Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" kundalik gazetalari Xitoy rahbari muallifi ekani aytilayotgan "Xitoy-O‘zbekiston do‘stligining shonli yangi bobi" sarlavhali maqolani ham o‘zbek va ham rus tillarida chop qilgan.

Bugun Si Tszinpinni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qabul qilishi kutiladi.

Xabarlarga ko‘ra, ikki rahbar "O‘zbek-Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, shu bilan birga, mintaqa va xalqaro siyosatdagi muhim masalalarni" muhokama qilishadi.

Ayni paytda Prezident Si Tszinpin O‘zbekiston parlamentida ham chiqish qilishi ham kutilmoqda.

Xitoy rahbari 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tishi rejalangan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 15 sammitida ishtirok etish uchun borgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq