Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qamchiq dovonidan ilk yo‘lovchi poyezd o‘tdi

Prezident Islom Karimov va Xitoy Prezidenti Si Tszinpin Qamchiq dovonidagi temir yo‘l tunelidan ilk yo‘lovchi poyezdni tantanali o‘tkazib berganlar.

Qamchiq dovonida temir yo‘l qurilishini China Railway Tunnel Group 2013 yili boshlagan edi.

Temir yo‘l tunnelining uzunligi 19 kilometr 200 metrni tashkil etadi.

Tog‘dan o‘yib solingan yo‘l poytaxt Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan ulaydigan "Angren-Pop" loyihasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Qurama tog‘laridan olib o‘tilgan "Angren-Pop" temir yo‘li 123 kilometrni tashkil etadi va u dengiz sathidan 2000 metr balandlikdadir.

Qamchiq orqali temir yo‘l ishga tushishi O‘zbekistonning qo‘shnilariga qaramligini kamaytiradi.

Bundan oldin Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga qatnaydigan poyezdlar Tojikistonning Sug‘d viloyatidan o‘tardi.

Kamchiq dovoni orqali temir yo‘l loyihasi 2 milliard dollarga baholangan.

Ekspertlar nazarida loyiha O‘zbekistonga nisbatan arzonga tushgan.

Sharhsiz video.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring