Moliyaviy piramidalarga ishonish kerakmi?

Image copyright screenshot

Bozor iqtisodiyotida odamlarning qonuniy daromadlarini ko‘paytirish va rivojlantirishga katta ehtiyoj bor.

Millionlab insonlar hayotlarini moliyaviy tomondan muhofazalashga urinayotganlari bilan bir vaqtda o‘z orzu-umidlari, intilishlarini ham amalga oshishini istashadi.

Yaqinda O‘zbekiston televideniyesida chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboyevning moliyaviy piramidasi ustidan tekshiruv boshlangani haqida qator ko‘rsatuvlar namoyish qilindi.

Ahmadboy moliyaviy piramidasi qariyb besh yil davomida aftidan ancha muvaffaqiyatli ishlab kelgan.

Sobiq Sho‘ro hududining tarixida eng katta moliyaviy pufak — bu rossiyalik tadbirkor Sergey Mavrodi boshqargan “MMM” piramidasi bo‘lgan.

Qozog‘istonlik iqtisodchi Saparboy Jubayevning aytishicha, moliyaviy piramida sxemalari doim o‘ziga jalb etgan va etmoqda.

Halqaro marketing shirkatlaridan jamlangan ma‘lumotlarga ko‘ra, moliyaviy piramida sxemasiga sherik sifatida qo‘shilgan odamlarning to‘qson to‘qqiz foizi o‘z pullaridan ayriladilar.

Shu darajadagi moliyaviy ziyon ortirishini, uning salbiy oqibatlari va hayotlari barbod bo‘lishlarini bila turib, nima sababdan odamlar baribir moliyaviy piramidaga qo‘shiladilar?

Ko‘p odamlar qarindosh-urug‘lari yoki do‘stlari orqali shubhali piramidaga kirib qolishadi.

Saparboy Jubayevning aytishicha, bu ham ularning o‘zaro munosabatlariga putur yetkazishi mumkin.

Aholini noqonuniy piramida sxemalariga qo‘shilmasligi uchun hukumat idoralari ogohlantirishi kerak, deb hisoblaydi qozog‘istonlik ekspert.

Saparboy Jubayev bilan suhbat.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring