Bosh vazir Masimov kuydirgini "o‘z nazoratiga oldi"

Qozog‘iston hukumatining maxsus majlisida Bosh vazir Karim Masimov kuydirgi kasalligi tarqalishi oldini olish uchun veterinariya nazoratini hamda va kuydirgini yuqtirib o‘lgan qoramol ko‘milgan joylarni qo‘riqlashni kuchaytirishni buyurgan.

Qozoq rasmiylari Qarag‘anda viloyatida 8 inson kuydirgini yuqtirgani, ularning ikki nafari hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar tarqatmoqdalar.

Qozog‘iston Milliy iqtisodiyoti vazirligining Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 19-20 iyun kunlari Qarag‘anda viloyatining "Erkindik" qishlog‘ining 9 yashovchisi kuydirgi xastaligini yuqtirgan degan gumon bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ular orasida 10 yoshli bola ham bo‘lgan.

Shifoxonada bir ayol va bir erkak olamdan o‘tgan.

Rasmiylarning xabar qilishlaricha, "Erkindik" qishlog‘idagi 70 kishi shifokorlar nazoratiga olingan.

23 iyundan buyon kuydirgiga chalinish yangi holatlari aniqlangani yo‘q", deyiladi Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tarqatgan xabarda.

Qishloqda 22 iyundan karantin e‘lon qilingan.

Kuydirgi virusni yuqtirgan mol go‘shtini yeyish oqibatida tarqalgani aytilmoqda.

Kuydirgini yuqtirish 11 va 14 iyun kunlari ro‘y bergan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq