Uzwebiston: "Putin taqdirga tan berdi"mi?

Image caption O‘zbekiston Turkiya pomidorlari o‘rnini to‘ldirishi mumkinligini aytgan edi

Rocsiya ommaviy axborot vositalari dushanba kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Prezident Putindan kechirim so‘ragani haqida xabar tarqatgan.

Rus matbuoti Turkiya rahbarining o‘tgan yil noyabrida Suriya bilan chegarada urib tushirilgan SU-24 uchog‘idagi rus uchuvchisining o‘limidan taassuf izhor etilgan maktubini ana shunday talqin qilgan.

Xabar o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida bahsu munozaralarga sabab bo‘lgan.

Ammo o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni tashvishga solgan narsa rus uchuvchisining o‘limi emas, balki ta‘bir joiz bo‘lsa, "sof geosiyosat"dir.

O‘zbekistonliklar Rossiyaning meva-sabzavot bozorida Turkiyaning o‘rnini egallashga urinayotgan O‘zbekistonning xayollari chippakka chiqishi mumkinligidan xavotirdalar.

Avvalroq Moskvaga safar qilgan Prezident Islom Karimov Putin bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bemalol Turkiyaning o‘rnini to‘ldira olishini aytgan edi.

"Putin taqdirga tan berdi"mi?

"Xa, endi (ruslarni) pomidorlarga toyg‘azib qo‘yarkan-da ..)))," deya taxmin qilgan Maruf Jamaloff.

"Hay, hay, hay, eng zo‘r pomidorlar O‘zbekistonda !" degan Tim Sadikov. Bunga javoban esa yuqoridagi foydalanuvchi: "Lekin Turklarniki arzon-da, bizning chayqovchilarimiz yana teshik tog‘ora oldida qolishadigan bo‘ldi," deya javob qoldirgan.

Sharifdjon Ismatov "Turklarning bir maqoli bor, 'Agar qo‘lni chopib tashlashni ilojisini topmasang, uni o‘p'. Mana, Turklar uzrining asl ma‘nosi. Ularga ishonib bo‘lmaydi, 90-yillarning boshlarida qardosh halq deb turib bizga paxta va valyuta evaziga sifatsiz mahsulot va uskunalar yetkazib berishgani esimizda!"

Image copyright RIA Novosti
Image caption Hodisa Rossiyada aksil turk va aksil Erdo‘g‘on kayfiyatlariga sabab bo‘lgan

Alisher Allakulov: "Ha, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mollari eskporti yana ziyon ko‘rarkan-da".

Sveta Galanis esa, bu xabarni aksincha Moskvaning Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun chiqarilgan deb tushungan.

"Har doimgidek, Putin taqdirga tan beripti-da. O‘zbek pomidorlari turk pomidorlarini o‘rnini to‘ldirmagan ko‘rinadi".

Bexzod: T.S. "ShXT (Shanhay Hamkorlik Tashkiloti) bilan hazillashib bo‘lmasligini tushunib yetgan ko‘rinadi"

Ayrim Foydalanuvchilar esa Turkiya prezidentini qo‘llab-quvvatlashgan.

Sabir Mirzaev "Hurmat qilishga arzigulik qilmish! O‘z xatosini tushunib uzr so‘ragan inson bag‘ri kengdir!!!"

Najmiddin Uzakbaev "Ular fakat o‘z ittifokdoshlarini himoya kilishdi Su-24 qancha etnik turkmanlarni bombalaganini bilasizmi IShIDni bahona qilib muxolifat xalqni qirgan bu... ruslar"

Tolqin Pulatov "Nima farqi bor, uzr so‘radimi-yo‘qmi? Gap Turkiya prezidenti o‘z ehtiroslarini jilovlab, xalqi va mamlakati manfaati uchun ish tutgan. Bu ishni faqat mard va dovyurak inson qila oladi".

Sharhlarda mualliflarning imlo uslubi saqlab qolindi.
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring