"O‘zbekistonda jurnalist topshiriqsiz biror narsani bajarmaydi"

Image copyright UzA

Prezident Islom Karimov 27 iyunda jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabriklab, muammolarnii dadil ko‘tarib chiqishga chaqirdi.

Shuningdek, internetga to‘siq qo‘yib, "temir devor" qurib bo‘lmasligini aytgan u.

Islom Karimov o‘z chiqishida jurnalistlarga "men sizning orzu-intilish, tashabbuslaringizni doim quvvatlashga tayyorman, o‘zimning eng yaqin yordamchilarimsiz", deb murojaat qilgan.

Biroq prezidentning bunday chaqirig‘i birinchi marta bo‘layotgani yo‘q.

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan mamlakatlar ro‘yxatida e‘lon qilib keladi.

Nima uchun jurnalistlar tanqidiy maqolalar yozishmaydi, jamiyatdagi qator muammolarni prezident aytganidek "dadil ko‘tarishmaydi"?

BBC bu haqda hozirda Turkiyada muhojirotda bo‘lgan jurnalist Narzulla Oxunjonovdan so‘radi.

Jurnalistga ko‘ra, hamma narsa qattiq nazoratda tutiladigan O‘zbekistonda jurnalistlarning biror bir narsani topshiriqsiz bajara olish imkoni yo‘q. Ayniqsa muammoni oshkor aytish huquqi o‘ta cheklangan.

"Muammoni ko‘tarib chiqqanlar qamoqqa tiqilgan yoki xorijda, quvg‘inda yurishibdi. Prezidentning bu kabi so‘zlari har yil aytiladi. Uni go‘yoki xalqning, jurnalistlarning g‘amxo‘ri qilib ko‘rsatiladi. Biroq kamchilik, qonunbuzarlikni jur‘at qilib aytganlarning o‘zlari muammoga duch keladilar", deydi Oxunjonov. "Men ham boshida ishongan, prezident respublikadagi hamma bo‘layotgan narsalardan xabarsiz deb bilganman. Qamoqdagi ikki jurnalistning taqdiriga e‘tibor qilishni so‘raganim va boshqa muammolarni ochiq aytganimdan so‘ng, menga va oilamdagilar, hatto bolalarimga ham muammolar boshlandi. Hatto mening oldimga kelib, muammosini gapirgan hamkasb ayol, hozirda marhuma Mastura Farmonova ko‘chada xavfsizlik xodimlari tomonidan kaltaklanib ketildi".

Yoki O‘zbekiston televideniyesining ikki jurnalisti Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova televideniyedagi mahalliychilik, poraxo‘rlik, talon-tarojlikni fosh qilib, oqibatda ishsiz qolgani, aktsiyalar o‘tkazib bong urgani, tazyiqqa uchraganini prezident nahotki eshitmagan, nega ularni davlat rahbari sifatida himoya qilmadi? - deydi jurnalist.

Men bugun xorijda ham o‘zimni xavfsiz sezmayman. Bu yerda ham menga tahdidli qo‘ng‘iroqlar bo‘lib turadi, deb aytadi Narzulla Oxunjonov.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq