NASA apparati Yupiter orbitasiga chiqdi

Image copyright NASA

"Yuno"-Juno apparati parvoz qilganidan besh yil o‘tib, Yupiter (Mushtariy) orbitasiga chiqqan.

Apparat 35 daqiqalik manyovrni muvaffaqiyatli ado etgan, tezlikni kamaytirgan vaqtda Yupiterning gravatatsion maydoni ta‘sirida bo‘lgan.

Vazifasi Yupiter (Mushtariy)ni tadqiq etish bo‘lgan "Yuno" fazoviy yo‘ldoshi bu sayyoraning orbitasiga chiqdi, deb xabar beradi NASA fazo agentligi.

Bu manyovr vaqtida markaz jamoasi apparat bilan faqat oddiy signallar orqali aloqa almasha olgan, boisi bu paytda asosiy antenna zondi Yerga yo‘nalmagan. Harakat davomida zond avtopilotda parvoz qilgan va bunda Yerdagi operatorlarning aralashuviga deyarli hojat qolmagan.

Rejaga binoan, sayyoralar aro avtomatik stantsiyaning missiyasi yarim yil davom etadi, undan so‘ng apparat Yupiter atmosferasida yonib, o‘z-o‘zini yakson qiladi.

"Yuno" zondi "Galileo" apparatidan so‘ng Yupiter sahniga chiqqan ikkinchi fazoviy yo‘ldosh bo‘lib, "Galileo" Yupiterda 1995 yildan 2003 yilgacha tadqiqot o‘tkazgan.

Bahosi 1 milliardlik fazoviy vositaning Yupiterga yetib borishi uchun besh yil kerak bo‘ldi. U 2011 yil uchirilgan bo‘lib, o‘shandan buyon 3 milliard kilometr masofani bosib o‘tdi.

Loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, olimlar ilk bor Yupiterni ko‘ra oladilar va bu sayyora, hamda butun Quyosh sistemasi bo‘yicha ko‘proq ma‘lumotlarni qo‘lga kiritadilar. Xususan, olimlar Yupiterda qattiq yadro mavjud borligi gipotezasini tekshirishga umid qilmoqdalar.

Image copyright AP

"Yuno" apparatining omadli harakati Kaliforniya shtatidagi NASA ning parvozni boshqarish markazida hayajon bilan kutib olindi.

Shu paytgacha birorta ham zond Yupiterning radiatsion yog‘dusi fazoviy apparat bortidagi elektronikani to‘liq yakson qilib tashlashi mumkinligi sababli, sayyoraga bu qadar yaqin bormagan edi.

Biroq "Yuno" tank kabi titandan himoya ekranlarga ega qilib qurilgan.

Ayni paytda "Yunona" Yupiterning atrofidagi elliptik orbitada turibdi. Sayyorani to‘liq aylanib chiqish uchun unga qariyb 53 yer kunlari kerak bo‘ladi.

Oktyabr oyi o‘rtalarida "Yuno" tuzatishlar qilinib, ikki yer haftasi mobaynida Yupiterdan uchib o‘tishga moslashtirilgan.

Shundan so‘ng u Yerga ilmiy ma‘lumotlar yubora boshlaydi.

Yupiterning o‘rtacha diametri Yernikidan 11 marta katta bo‘lib, og‘irligi bizning sayyoradan 317 barobar yirik hisoblanadi.

Yupiterning Quyoshni aylanib chiqishi 12 yil, bir yupiter kuni 10 soatga teng.

Yupiter tarkibi jihatidan yulduzga o‘xshaydi, uning atmosferasi asosan vodorod va geliydan tarkib topgan.

Yuqori bosim ostida vodorod metal shakliga o‘tadi va elektro‘tkazgichga aylanadi.

Aksariyat ko‘rinadigan bulutlar ammiak qatlami va gidrosulfid ammoniyadan iborat.

Yupiter (Mushtariy)ning chiziqlari g‘arb-sharq yo‘nalishidagi kuchli shamollar ta‘sirida paydo bo‘ladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq