Toshkentda Ramazon Hayiti namozxonlari uchun qulaylik

6 iyul tongida Ramazon Hayiti yoki Iyd al-Fitr namozini o‘qishga yo‘l olgan toshkentliklarga jamoat transporti soat 3:30 dan xizmat ko‘rsatadi.

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" shirkati xabar qilgan.

Ibodatga yo‘l olganlar soat 3 yarimdan metro va avtobuslarga o‘tirishlari mumkin.

O‘zbekistonda Ramazon Hayiti 6 iyulda nishonlanishi va chorshanba kuni dam olish kuni deb e‘lon qilinishi haqida Prezident Islom Karimov farmoni e‘lon qilindi.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e‘tiborga olib, 2016 yil 6 iyul dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin", deyiladi farmonda.

Image copyright ferghana.ru

Toshkent shahrida Hayit namozi mahalliy vaqt bilan soat 5:15 da o‘qilishi e‘lon qilindi.

Mamlakatning boshqa shaharlaridagi namoz vaqtidagi farqlar haqida mahalliy masjidlarda namozxonlarga ma‘lum qilinishi aytildi.

O‘zbekistonning kuchishlatar tizimlari 5 va 6 iyul kunlari kuchaytirilgan xizmat tartibiga o‘tkazilgan.

Ichki ishlar vazirligidagi manba so‘zlariga ko‘ra, masjidlar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda militsiya xodimlari xavfsizlikni kuchaytiradilar.

Ramazon Hayiti namozlari Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda 5 iyul kuni ado etilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq